Vilnyus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: {{cite web → {{veb manbasi
Qator 11:
|image6 = Vilnius Gates of Dawn (general view).jpg
|image7 = Pilies Street at dusk, Vilnius, Lithuania - Diliff.jpg
}}|asl nomi={{lang-lt|Vilnius}}|maydon=401|sayt=https://www.vilnius.lt/|vaqt mintaqasi=+2|DST=bor|pochta indeksi=01001|telefon kodi=+370 5|aholi=592 389<ref>{{CiteVeb webmanbasi |url=http://www.registrucentras.lt/p/853 |title=Число жителей на 1 января 2022 г. |access-date=2018-09-24 |archive-date=2019-04-08 |archive-url=https://web.archive.org/web/20190408133349/http://www.registrucentras.lt/p/853 |deadlink=no }}</ref>|sanalgan yil=2022}}'''Vilnius''' yoki '''Vilnyus''' ({{lang-lt|Vilnius}}) — shahar, [[Litva|Litva Respublikasi]] [[Poytaxt|poytaxti]], yirik sanoat va madaniyat markazi. [[Neris (daryo)|Neris]] va [[Vilnia (daryo)|Vilnia]] daryolari tutashgan yerda. Shahar Vilnia daryosi nomi bilan atalgan ({{Lang-lt|vilnyti}}; {{Lang-lt2|vilnis}}— "[[Toʻlqinlar|toʻlqin]]" demak).
 
Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —5,3°, iyulniki 17,9°. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 591,2 ming kishi (1999). Vilnius birinchi marta 12-asr yilnomasida tilga olingan. 1323-yil Litva [[Knyaz|knyazi]] Gediminas mamlakat poytaxtini Litvaning qad. poytaxti Trakaydan Vilniusga koʻchirgan. Litvani Rossiya imperiyasi bosib olgach (1795), Vilnius gubernyaning maʼmuriy markazi boʻldi. 1918-yilda Vilniusda hokimiyatni bolsheviklar egallab oldi. 1920—39 yillarda Vilnius panlar Polshasi tarkibida boʻldi, 1940-yildan Litva poytaxti. 2-ja-hon urushida katta zarar koʻrgan Vilnius qisqa muddat ichida qayta tiklandi va Boltiqboʻyi iqtisodiy rayonining eng yirik iqtisodiy, madaniy markazlaridan biri boʻlib qoldi. Respublika yalpi sanoat mahsulotining aksariyat qismi Vilniusda ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (stanoksozlik, asbobsozlik, issiklik apparaturalari, elektr dvigatellari, elektr payvandlash va savdo-sotiq asboblari, radio oʻlchov priborlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari va b.) va metallsozlik yetakchi oʻrinda turadi. Kimyo, yengil (tikuvchilik va paypoq-trikotaj fabrikalari, poyabzal, attorlik korxonalari), oziq-ovqat (goʻsht kombinati, konditer, tamaki fabrikalari, yog, pivo zavodlari) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqariladi. Vilniusdan 10&nbsp;km narida joylashgan Yangi Vilniada yirik sanoat rayoni vujudga kelgan. Vilnius— muxim madaniy markaz. Vilniusda respublika Fanlar akademiyasi (1940-yildan), ilmiy tadqiqot institutlari, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Vilnius universiteti, konservatoriya), 150 ga yaqin ommaviy kutubxona, 12 muzey (shu jumladan suratlar galereyasi, xalq sanʼati, tarix-etnografiya muzeylari), 5 teatr (Litva opera va balet teatri va b.) va b. muassasalar ishlab turibdi. Vilniusda meʼmoriy yodgorliklardan Baland qasr (14—15-asrlar) qoldiqlari, Mikaloyalus gotika cherkovi (14-asr), bernardinchilar cherkovi va ibodatxonasi (16-asr), Onoye cherkovi (16-asr) va Mikolo cherkovi (16— 17-asrlar), universitet binolari majmui (16-asr 2-yarmi — 19-asr 1-yarmi), Kazimero (1604—18), Tereses (1634—50), Pyatro ir Povilo (1668— 75), Kotrinos (17-asr oxiri —18-asr oʻrtasi) barokko cherkovlari, meʼmor L. Stuoki-Gutsyavichyusning klassik stilidagi binolari (kafedral sobor, 1777—1801; ratusha 1786—99) saqlangan. 1940-yillardan soʻng yangi turar joy rayonlari (Lazdinay, 1967-yildan; Jirmunay, 1968-yildan) va jamoat binolari ("Nyaringa" mehmonxonasi, 1960; Sport saroyi, 1971; Opera va balet teatri, 1973) vujudga keldi.