Qoʻqon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teg: Qaytarildi
Qator 50:
 
== Sanoat ==
Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qo`qon amga to`la makon. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871-yilda), [[Oʻrta Osiyo]]dagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari („Andreyev shirkati“, „Rossiya jamiyati“, „Kavkaz va Merkuriy“, „Eron savdo-sanoat shirkati“, „Sharqiy jamiyat“ va boshqalar) tashkil qilingan. 1913-yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi „[[Madrasai xishtin]]“ (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani „[[Soʻfiyon]]“ (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda „Sadoi Fargʻona“, „Yangi Fargʻona“, „Qoʻqon sadosi“ gazetalari chop etila boshladi. 1917-yilning kuzida Qoʻqonda „Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918-yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918-yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.<ref name=":0">“{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/Oʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20Q%20harfi.pdf Q-harfi]{{Deadlink|date=February 2021 |bot=InternetArchiveBot |fix-attempted=yes }} Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Sport ==