Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
tuz.
Qator 12:
Aholining 97 % Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64 %) va protestantlar (23 %). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.
 
== <span lang="Уз" dir="ltr">Tarixi</span> ==
Vengriya hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asr oxiri va mil. 2-asr boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, xalqlarning buyuk koʻchishi davrida Vengriya hududida olmon va turkiy elatlar kelib joylashgan. 6-asrda slavyanlar kelgan. Hozrigi vengmojarerlarning ajdodlari mil. davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador mojar qabilalari 9-asr oxirlarida gʻarbga siljib, hozirgi Vengriya hududiga kelib joylashgan. Vengriya davlatining shakllanishida 997 yil xristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan Ining taxtga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000 yilda oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. 10-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga xususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) Vengriyani vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242 yilda bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi.
 
Qator 67:
== Kinosi ==
19-asr oxirida dastlabki xronika filmlari suratga olina boshladi. 1896 i. Budapeshtda birinchi kinoteatr ochildi. 1901 yilda mojar filmi „Rake“ (rejissyor B. Jitkovskiy) yaratildi. Shu filmdan ilmiy-ommabop kino tarixi boshlangan. 1912 yil 14 oktabrda milliy badiiy kinematografiya yuzaga keldi. 1912 yildan Vengriya filmlari muntazam suratda ishlab chiqarila boshladi. Keyingi yillarda Vengriyada yaratilgan filmlar haqqoniyligi, jiddiy masalalarni koʻtarib chiqqanligi bilan ajralib turadi. Vengriya kinematografiya ilmiy tadqiqot instituti (1956), Teatr va kino instituti bor. Vengriyada ishlab chiqarilgan koʻpgina badiiy va qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarda mukofotlangan. 60—80-yillardagi eng yaxshi filmlar: „20 soat“ (rejissyor Z. Fabri), „Ota“ (rejissyor I. Sabo), „Noumid“ (rejissyor Vengriya Yancho), „Fotosurat“ (rejissyor P. Zolnai) va b. I. Pechi, K. Tolnai, Vengriya Gabor, L. Bashti, Ye. Rutkai kabilar Vengriya kinosining mashhur aktyorlaridir.
 
== Oʻzbekiston — Vengriya munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Vengriya munosabatlari}}
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashga Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston va Qirgʻiziston a’zo Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.
[https://kun.uz/news/2021/11/09/shavkat-mirziyoyev-turkiyaga-tashrif-buyuradi manba]
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Havolalar ==
; Hukumat
Qator 82 ⟶ 78:
* [http://gotohungary.com/ Official Hungarian Tourism website]
 
; Umumiy maʼlumot
; General information
* [https://www.britannica.com/place/Hungary Hungary] ''[[Encyclopædia Britannica]]''
* [http://www.oecd.org/hungary/ Hungary] ([[:en:Organisation for Economic Co-operation and Development|OECD]]dan)
Qator 93 ⟶ 89:
* [http://hungarytoday.hu/ Hungary Today — The latest news about Hungary]
 
{{Yevropa}}
 
{{Tashqi havolalar}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Vengriya]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
{{Yevropa}}
 
{{chala}}