Taxallus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Muhammad
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
Muhammad
'''Taxallus''' (arab. — qutulish, xalos boʻlish) — biror ijodkor (shoir, yozuvchi, olim va shu kabi) yoki siyosiy arbobilaning oʻzi uchun tanlab olgan ikkinchi nomi. Har bir muallif T.ni muayyan maqsadlarni koʻzda tutgan holda qoʻllaydi. Mas., omma oʻrtasida oʻz ijodini taʼkidlab koʻrsatish, oʻz ismfamiliyasidan qoniqmaslik, muayyan xavfxatar, taxdiddan qochish, yashirinish va boshqa
 
Sharq sanʼati va adabiyoti namoyandalari, katta olimlari oʻzlariga turli narsalarga, sifat va xususiyatlarga ishora tarzida (Ulugʻbek — Muhammad Taragʻay, Navoiy, Lutfiy, Bobur, MujrimObid, Munis, Zavqiy), mashgʻuloti, kasbiga nisbatan (Gulxaniy, Charxiy), tugʻilgan yoki yashagan joyiga nisbatan (Buxoriy, Koshgʻariy, Margʻinoniy, Nasafiy, Taroziy, Xorazmiy, Xoʻjandiy, Chustiy, Shoshiy, Yugnakiy, Yassaviy), yashash tarzi yoki qismatiga ishora sifatida (Gadoiy, Gʻaribiy, Uzlat, Muqimiy, Furqat) va boshqa omillarga karab T. olganlar yoki tanlaganlar. Sharqda ham, Gʻarbda ham koʻpchilik ijodkorlar faqat T. i bilan mashhur boʻlishgan. Mac, Beruniy — Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad, Navoiy — Gʻiyosiddin oʻgʻli Alisher, Muqimiy — Muhammad Aminxoʻja oʻgʻli, Oybek — Muso Toshmuhammad oʻgʻli, Yashin — Komil Nuʼmonov, Chustiy — Nabixon Xoʻjayev; Stendal — Anri Mari Beyl, Jorj Sand — Avrora Dyupen va boshqa Baʼzi shoirlar birdan ortiq T. bilan (Navoiy — Foniy; Mujrim — Obid; Nodir — Uzlat — Mahjur; Nodira — Maknuna — Komila kabi), baʼzan bir necha shoir bir T. bilan ("Navoiy" T.li 10 ga yakin shoir boʻlgan) ijod qilganlar.