Yashnobod tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k +navbox
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot: Umumiy tuzatmalar
Qator 73:
|sayt tili =
}}
'''Yashnobod tumani''' (avvalgi nomi ''Hamza'') — Toshkentdagi maʼmuriyhududiy birlik. 1968 -yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Kuchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev kuchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. Hamza tumanida 50 ta mahalla mavjud.
== Korxona va tashkilotlar ==
Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi, „Toshqishloqmash“, „Toshmargyogʻ“, „Toshkentvino“, „Oʻzbek qogʻozi“, „Oʻzbekiston shampani“, „Toshdonmahsulot“, „Toshkentguruch“ aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 kurilish tashkiloti; temir yoʻl transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.