Hujjat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
kop narsalar olib tashlandi
Qator 1:
Amriyev Sindorbek 2-KB-21 guruh talabasi
 
'''Hujjat''' — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). H. matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin.
 
Mazmuniga koʻra, H. ilmiy-texnika H.lari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va h.k.), huquqiy H.lar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv H.lari (buyruqlar, koʻrsatmalar, qarorlar va h.k.)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) H.lar farqlanadi. Idora H.lari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) H.lariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi H.lari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish H.lari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan H.lar chiqish H.lari hisoblanadi.
 
Huquq fanida H. deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. H. sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. H.larni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang [[Xujjatlarni qalba-kilashtirish]]).
 
{{no iwiki}}