Qurolli kuchlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
 
Qator 8:
Ikkinchi jahon urushi davrida Qurolli kuchlar ham miqdor, ham sifat jihatdan oʻsdi. Qoʻshinlar mexanizatsiyalashtirildi va motorlashtirildi, artilleriya va tanklar soni ortdi, reaktiv artilleriya va ballistik hamda qanotli raketalarning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz floti rivojlandi. Operativ birlashmalar (quruqlikdagi qoʻshinlarda — front yoki armiyalar guruhi, harbiy-dengiz flotida — flot) vu-judga keldi. 1945-yil AQShda, 1949-yil sobiq SSSRda, keyinroq Buyuk Bri-taniya, Fransiya va Xitoyda atom quroli paydo boʻldi.
 
Qurolli kuchlar turlariga quyidagilar kiradi: quruqlikdagi qoʻshinlar, strategik maqsaddagi raketa qoʻshinlari, mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari, harbiy-havo kuchlari, harbiidengiz floti. Qurolli kuchlar turlari boʻlinma, qism, qoʻshilma, shuningdek, birlashma (asosan, urush davrida)larga uyushgan qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlardan tashkil topadi. Qurolli kuchlarda yagona tashkiliy tizim, shaxsiy tarkibni oʻqitish va tarbiyalashning, komandir kadrlarni tayyorlashning, xizmatni oʻtashning umumiy tartibi mavjud. Taraqqiy etgan davlatlarning zamonaviy Qurolli kuchlari eng yangi jangovar texnika, shuningdek, raketa-yadro quroli bilan taʼminlangan boʻlib, yuksak tayyorgarlikka, keng jangovar imkoniyatlarga ega (yana qarang [[Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari]]).
 
== Yana qarang ==
*[[Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari]]).
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{OʻzME}}