Norin tumani (Oʻzbekiston): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 62:
}}
 
'''Norin tumani''' — [[Namangan viloyati|Namangan viloyatining]] janubi-sharqiy qismida joylashgan tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1962—1973-yillarda va 1988—89 yillarda Uchqoʻrgʻon tumani tarkibida boʻlgan. Norin tumani (Oʻzbekiston) gʻarbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimolidan Uchqoʻrgʻon tumanlari, janubiy va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 207,1 km². Axrlisi 158,3 ming kishi (2019). Norin tumani (Oʻzbekiston)da 1 shahar (Haqqulobod) va 57 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan tashkil topgan(2020). Markazi — Haqqulobod shahri Tabiati. Norin tumani (Oʻzbekiston) viloyatning sharqiy qismida, Fargʻona tizmasining etaklarida joylashgan, gʻarbiy chegaralari boʻylab Qoradaryo oʻtadi. Relyefi past-baland tekislikdan iborat (balandligi 600– 800 m). Togʻ etaklari paleogen davrining gil, ohaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan. Norin havzasi yoppasiga konglomeratdan iborat. Qo-radaryo havzasida konglomerat ustupi oʻnlab metr qalinlikda qoplab yotgan lyoss katta maydonda tekislik hosil qilgan. Norinning qayir tekisligi Uchqoʻrgʻon qishlogʻidan boshlab 2–3 km ga kengayadi; bu yerda qumoq hamda qum-loq jinslar keng tarqalgan. Tuman hududining shimolidan jan.ga tomon Katta Andijon kanali kesib oʻtadi (tuman hududida uz. 13,5 km). Tumanning janubi-gʻarbiy tomonidan Qoradaryoning eski oʻzanidan oʻtadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarni yigʻib Qoradaryoga qoʻshiladi. Tuttrogʻi janubiy qismida bot-qoq-torfli, shimolida b,oʻz tuproq. Norin Qoradaryoga qoʻshiladigan yerda oʻtloq-li, botqoq-oʻtloqi tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6°, iyulniki 27°. Yillikyogʻin 190–215 mm. Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman hududi haydaladigan yerlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan faqat dare boʻylarida, kanal, zovur chetlaridagina qamish, ajriq, yalpiz, qirq-boʻgʻin, qoʻypechak, qizilmiya, burgan, gʻumay, yantoq, shoʻra, otquloq, shuvoq, yovvoyi jiyda, momoqaymoq, sambit, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Yovvoyi xayvonlar juda kam qolgan. Ilonlar, suv havzalarida ondatra, shuningdek, tulki, kuyon, kalta-kesak, yumronqoziq, baliklardan sazan, laqqa, choʻrtan va boshqa bor. Qushlardan yovvoyi oʻrdak, loyxoʻrak, qaldirgʻoch, bul-bul, chumchuq, chugʻurchiq, musicha, hakka, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, sinchalak, karqunoq, qumri, laylak va boshqa uchraydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, ko-reys va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 571 kishi (2003).