Fonologiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot: Umumiy tuzatmalar |
||
Qator 1:
'''Fonologiya''' (fono... va ...logiya) — tilshunoslikning til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi. F.ning fonetikadan farqi shundaki, uning diqqat markazida fizik hodisa sifatidagi tovushlarning oʻzini emas, balki ularning nutqda yanada murakkabroq maʼnoli birliklar — morfemalar, soʻzlarning tarkibiy qismi sifatida bajaradigan vazifasini oʻrganish turadi. Shu tufayli F.ni baʼzan funksional fonetika deb ham ataydilar. Ruschex tilshunosi N. S. Trubetskoyning aniqlashicha, F. bilan fonetika oʻrtasidagi oʻzaro munosabat shundan iboratki, har qanday fonologik tavsifning ibtidosi maʼno farqlovchi tovushiy ziddiyatlarni aniqlashdir; fonetik tavsif esa boshlangʻich nuqta va moddiy asos sifatida qabul qilinadi.
F.ning asosiy birligi — fonema, asosiy tadqiqot
F. zamonaviy maʼnodagi mustaqil tilshunoslik fani sifatida 20-asrning 20—30-yillarida shakllandi; uning yaratuvchilari N. S. Trubetskoy, russhveysar olimi S.O.Karsevskiy, rusamerika tilshunosi R.S. Yakobsonlar boʻlib, ular 1928-yil Gaagada boʻlib oʻtgan Tilshunoslarning 1-xalqaro kongressida F.ning asosiy gʻoyalarini bayon etganlar. N. S. Trubetskoyning "Fonologiya asoslari" (1939) kitobi F. taraqqiyotidagi eng muhim bosqich boʻlgan. F. paydo boʻlishining ilk asoslari 19-asr oxirlarida nemis olimi I. Vinteler va ingliz olimi G. Suit asarlarida, umumnazariy jihatlari keyinchalik F. de Sossyur tadqiqotlarida shakllangan. Ayniqsa, F.ning rivojlanish asoslarini yaratishga ruspolyak tilshunosi I. A. Boduen de Kurtene katta hissa qoʻshdi: fonema gʻoyasi va uning prinsiplari ilk marta uning asarlarida ishlab chiqilgan. Boduen de Kurtene tadqiqotlari negizida Leningrad va Moskva fonologik maktablari shakllandi (oʻzbek tilshunoslarining fonologik tadqiqotlari ham asosan ana shu maktablar taʼsirida yaratilgan). Hozirgi kunda mazkur maktablarning fonologik nazariyalaridan tashqari Yevropa va AQShda yana 10 ga yaqin fonologik nazariyalar yaratilgan.
|