Musiqa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 11:
Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Mac, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obʼyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan [[nota yozuvi]] mu-him oʻrin tutadi.
 
Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) Musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang [[Avangardizm]], [[Barokko]], [[Klassitsizm]], [[Ogʻzaki anʼanadagi musiqa|Ogʻzaki anʼanadagi musika]], [[Romantizm]], [[Sentimentalizm]]).
 
Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, Musiqa va boshqa sanʼat turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tushunchaga ega boʻlgan soʻz, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq Musiqa asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang [[Vokal musikasimusiqasi,]], [[Kino musikasimusiqasi]], [[RakeRaqs musikasimusiqasi]], [[Teatr musikasimusiqasi]]). Musiqa, shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muxim rol oʻynaydi. Mac, opera janrida, oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini Musiqa yordamida ifodalaydi.
 
Insonning Musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kurinishga ega boʻladi. Ijod bosqichida badiiy gʻoya va shakl muallif ongida mushtarak holda tugʻiladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shaxsiy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, Musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi.
Qator 23:
Musiqa tarixi. Musiqaning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) Musiqaning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham Musiqaning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. Musiqa tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (14-asr) esa — ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan.
 
Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. maʼlumotlaridan kelib chiqib, Musiqa sanʼatini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa sanʼat turlari (rake, sheʼriyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda Musiqa ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiymaʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir qancha sanʼat turlari, jumladan, Musiqa ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda Musiqa tabiatga, yovvoyi hayvonlarni oʻrgatishda taʼsir kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida taʼriflanadi (qarang [[AlikambarAliqambar]], [[Ibtidoiy sanʼat]], [[Mavsum koʻshiklariqoʻshiqlari,]], [[Marosim qoʻshiqlari]]).
 
Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan.
Qator 37:
17—18-asrning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholgʻu asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa taʼlimi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-asr oʻrtalari — 19-asrning boshida Yevropa Musiqasi Maʼrifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-asrda rus (M. Glinka, "Qudratli tuda" vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-asr Musiqa tarixida alohida oʻrin tutadi. Musiqa madaniyatining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yoʻnalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-asrda yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida Musiqaning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu Musiqa kabi) janrlar oʻrniga vokal Musiqasi, teatr Musiqasi, kino Musiqasi kabi "aralash" turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga anʼanaviy Musiqa ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz Musiqa janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mugʻom, oʻzbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy Musiqa yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
 
Oʻzbekistonda Musiqa, asosan, xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional Musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq Musiqasidalapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar mavjud. Oʻzbek Musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin (qarang [[Buxoro-Samarqand musikamusiqa uslubi]], [[Xorazm musikamusiqa uslubi]], [[Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi|Fargʻona -Toshkent musikamusiqa uslubi]], [[Surxondaryo-qashqadaryo musiqa uslubi|Surxondaryo-Qashqadaryo muyeshamusiqa uslubi]]). 20-asrda oʻzbek va boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari Musiqa merosini yozib olish va oʻrganish boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari va i. t.lar nashr etildi. Bastakor, xrfiz va sozandalar oʻzbek Musiqa merosi durdonalari (Shashmakom, Xorazm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yoʻllari va boshqalar) ni keng targʻib qilibgina qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi boʻlishdi. 1930—40 yillarda Oʻzbekistonda avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik Musiqa, kamer Musiqa, konsert kabi) Musiqa janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950—60 yillardan boshlab Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy Musiqaning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyilgan.
 
Musiqa taʼlimi tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik litsey, 30 ga yaqin sanʼat, Musiqa hamda madaniyat kollejlari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat instituti, Musiqa Uygʻur nomidagi sanʼat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi.