Sanoq sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Numeral Systems of the World.svg|thumb|Raqamlarni yozishning turli shakllari]]
'''Sanoq tizimi''' - sonlarni maxsus belgilar (raqamlar) toʻplami yordamida yozish usuli. Sanoq tizimining pozitsion va nopozitsion koʻrinishlari mavjud. Nopozitsion Sanoq tizimi rim raqamlari bilan, pozitsion Sanoq tizimi esa biz oʻrgangan va arab raqamlari (aslida hind raqamlari) deb ataladigan belgilar bilan yoziladi<ref>{{cite book |author=David Eugene Smith |author2=Louis Charles Karpinski |title=The Hindu-Arabic numerals |url=https://archive.org/details/hinduarabicnume05karpgoog |year=1911 |publisher=Ginn and Company}}</ref>. Pozitsion Sanoq tizimida oʻrniga qarab raqamning qiymati oʻzgarib boradi. Mas, 34 soni 4 ta birlik va 3 ta oʻnlikni bildiradi. Agar ularning oʻrni almashtirilsa 43 soni hosil boʻladi. Bu sonda 3 ta birlik va 4 ta oʻnlik mavjud, yaʼni 3 ning qiymati 10 marta kamaydi va aksincha 4 ning qiymati 10 barobar oshdi. Bunday oʻnlik Sanoq tizimidagi sonlarning raqamlari uni 10 lik asos darajalari yigʻindisida tasvirlashning koeffitsiyentlari hisoblanadi. Hisoblash mashinalarida, odatda, [[Leybnits Gotfrid Vilgelm|G.V. Leybnits]] taklif qilgan 2 lik Sanoq tizimi ishlatiladi. Bunday sonlarni tasvirlash uchun 2 ta — 0 va 1 raqamlaridan foydalaniladi. 2 lik Sanoq tizimining ishla-tilishi EHMlar quriladigan ele-mentlarning faqat 2 ta turgʻun ishchi holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Bu elementlar kalitlarga oʻxshash boʻlib, ular yozilgan yoki oʻchirilgan holatlarda boʻladi. Uchinchi holat yoʻq. Bu holatlarning biriga 1, 2siga 0 mos qoʻyilsa, bunday elementlarning ketmaketligi 2 lik Sanoq tizimidagi songa mos keladi.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Shuningdek qarang ==
Qator 7 ⟶ 10:
* [[Sakkizlik sanoq sistemasi]]
* [[Oʻn oltilik sanoq sistemasi]]
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}}
 
 
{{chala}}