Denov tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: Umumiy tuzatmalar; Imlo va grammatika
Qator 70:
 
== Xoʻjaligi ==
Tuman sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ ekstraksiya, araq-vino va pivo, konserva, sut, taʼmirlash-mexanika, gisht zavodlari, qurilish, neft mahsuloti korxonalari, paxta chuvish, kandolatchilik fabrikaalari, jami 38 sanoat korxonasi mavjud. Tadbirkorlarga karashli 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va boshqalar Togʻ etaklarida lalmikor dehq-onchilik (asosan bugdoy va arpa) bilan shugullaniladi. 12,7 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Sugʻoriladigan yerlar 24,7 ming ga. Yaylovlarda qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi mavjud. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining seleksiya stansiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy laboratoriyada tabiatning 900 dan ziyod oʻsimligi, mevali oʻsimliklar (jumladan Yaponiyadan keltirilgan palma daraxti, magnoliya, xurmo, apelsin, yongʻoq, boshoqli oʻsimliklar) yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro temir yoʻl, Xoʻjand—Dushanba, Termiz—Dushanba avtomagistral yoʻli oʻtgan. 87 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, 2 litsey, 3 oʻrta maxsus oʻquv yurti, sanʼat, musiqa maktablari, 3 kasb-hunar maktabi, 58 ommaviy kutubxona (500 ming kitob), 46 klub, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxonalar, 13 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 6 qishloq"vrachlik punkti, 7 poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari, 4 dispanser bor. Bu muassasalarda 3800 dan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. 1932-yildan "Chagʻoniyon"„Chagʻoniyon“ tuman gazeta nashr etiladi (adadi 9000).<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref><!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Denov tumani
 
1926-yil 29 -sentabrda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni 752,8 kv. km. Aholisi 181,6 ming kishi (Denov shahri aholisi bilan birga;1996). Tuman markazi-Denov shahri Termizdan 156&nbsp;km shimoli - sharqda joylashgan. Termiz- Dushanbe temir yoʻlidagi bekat. Denovda Doʻstlik shaharchasi, 17 qishloq (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Pistamazor, Sina, Tortuvli, Xayrabod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Qiziljar, Hazarbogʻ ) bor.
Denov tumaning yer usti ulkan amfiteatrni eslatadi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdan - koʻp soylar va togʻ etaklaridagi baland " zinapoyalar"zinapoyalar“ ajoyib manzara hosil qiladi. Tuman Surxondaryo vohasining shimoliy qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Shimoliy va sharqiy chegaralari boʻylab Surxondaryo va Toʻpolondaryo oqib oʻtadi. Gʻarbida Sina-Sangardak (3722m) togʻlari joylashgan. Tumandan Sangardak- Qizilsuv daryosi oʻtadi.
Tumanda bir qancha koʻhna shahar xarobalari topilgan. Bulardan eng yiriklari: Badrach, Xolchayon, Yurchi, Kuloltepa, Oqqoʻrgʻon, Changilbuva, Jartepa, Teshiktepa, Quloqtepa, Qizqoʻrgʻon, Qilichbuloq, Uchtepa, Chimqoʻrgʻon, Kallaminor va boshqalar.
Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi bor. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin tutadi.Don ekinlari, sabzavot, yem - hashak ham yetishtiriladi. Uzumchilik, umuman, bogʻdorchilik rivojlangan. Yalovlarida qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. "Hazarbogʻ"„Hazarbogʻ“ jamoa xoʻjaligida 25 gektarlik terakzor barpo etildi. Anbarsoyning oʻng qirgʻogʻidagi qarovsiz joylarga 1,5 milion tup kaliforniya teragining qalamchasi ekildi. Qalamcha xoʻjalikning oʻzidan chiqdi. "Terak koʻp boʻlsa- uy - joy qurish Koʻpayadi, - deydi jamoa xoʻjalik boshqaruvi raisi Musurmonqul Sherqobilov.-Ota -bobomiz ilgari yogʻochni hech bir tashqaridan olib kelmagan. Shuning uchun terakzorlarni yana ham kengaytirish niyatidamiz ".
Denov tumanida 9 soat korxonasi mavjud boʻlib, 1995-yilda ularda 171 milion soʻmdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. 70 kichik korxona va bitta qoʻshma korxona tuman xududida faoliyat koʻrsatmoqda.
Denov tumanida 72 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, 9 bogʻcha - yasli, 4 maktabdan tashqimuassasa bor. 900 oʻrinli 14 kasalxona ishlab turibdi.
Tumanda Muhammadi Keldiyev, Shaymardon Qobilov, Islomqul Toʻrayev, Boboraxmat Yusupov, Qayum Karimov, Zulfiya Allayorova, Halima Azimova kabi taniqli raislar, Mehnat Qahramonlari faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi, Termiz Davlat universitetining rektori Nazar Toʻrayev, fan doktori, jarroh Abdurahmon Mamadaliyev; taniqli baxshilar: Toshmurod baxshi, [[Boborahim baxshi]]; Mengziyo Safarov, [[Togʻay Murod]], Nizomjon Parda kabi ijodkorlar; milliy kurash boʻyicha jahon chempioni Ergash polvon Mamarasulovlar tumanning faxri .
 
== Manbalar ==