Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qo'pol so'z
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: Umumiy tuzatmalar; Imlo va grammatika
Qator 15:
Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda M. oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. taxminan 2050-yil Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar M.ning poytaxtiga aylangan.
 
Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, janubida — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-asrning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun shahri M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada taxminan 1750-yil mamlakat yana parchalanib ketgan. taxminan 1700-yil M.ga shim.-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 yil egallab turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxminan 1580-yil giksoslarni M.dan quvib chiqargan. Shundan soʻng tiklangan M. davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan, metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli bilan xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shimolida Suriya va Falastinni, janubida — Kushning bir qismini M.ga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan. Amenxotep III davrida (15-asrning 2-yarmi) M. oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan. Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va boshqa olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan. Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hozirgi Al-Amarna) koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-asrning 1-yarmida u shimolidagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng firʼavnlardan Tutanhamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Miloddan avvalgi 13-asrning 2-yarmi —12-asr boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida "dengiz„dengiz xalqlari"xalqlari“ va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.
 
Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (miloddan avvalgi taxminan 1070-yil) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.
Qator 23:
Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (miloddan avvalgi 28—26-asr oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (miloddan avvalgi 26—25-asrlar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (miloddan avvalgi 25—23-asr oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (miloddan avvalgi 23—22-asr oʻrtalari). 10sulola (miloddan avvalgi 22—21-asr oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.
 
Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-19702000—1970), Senusert I (1970-19341970—1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680-yilgacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-asr oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-15381559—1538), Tutmos I (1538-15251538—1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-asr oʻrtalari). 19sulola (1342-12061342—1206): Seti I (1337-13171337—1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (miloddan avvalgi 11—4-asrlar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]).
 
== Maorifi ==
Qator 37:
Mifologiya va dini. M. miflari orasida markaziy oʻrinni dunyoni yaratilishi, insonlarni qilgan gunoxlari uchun jazolash, quyosh xudosi Ra bilan ilon Apop obrazidagi zulmat kuchlari oʻrtasidagi kurash, Osirisning oʻlimi va qayta tirilishi va boshqa egallaydi.
 
M.liklar dini ilk urugʻdoshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy anʼanalar mustahkam va turgʻun boʻlgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, M.da uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud boʻlgan. Deyarli har bir maʼbud qandaydir hayvon koʻrinishida tasvirlangan. Mac, Anubis maʼbudi boʻri, maʼbuda Bast — mushuk koʻrinishida tasvirlangan. Keyinchalik maʼbudlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini oʻzida ifodalovchi maʼbudlarga, jumladan, osmon (maʼbud Nut), Yer (maʼbud Geb), Quyosh (maʼbud Ra), Oy (maʼbud Tot) va boshqa ga sigʻinish kuchaygan. Xapi maʼbudi obrazida M.lik dehqonlar Nil daryosiga sigʻinishgan. M.da juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, maʼbudlarga iltijolar toʻplam qilingan (mas, "Ehrom„Ehrom matnlari"matnlari“, "Sarqofa„Sarqofa matnlari"matnlari“, "Murdalar„Murdalar kitobi"kitobi“ va boshqalar). Qad. M. ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 62:
{{manbalar}}
 
== AdabiyotAdabiyotlar ==
Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. A., Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego Yegipta, M., 1958; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. I, M., 1970lnaya kultura Yegipta, v kn.: Muzikalnaya kultura drevnego mira, |Sb. statey|, L., 1937; L a u eryer J. F., Zagadki yegipetskix piramid, per. s frans., M., 1966; Ney
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->