Usmon Nosir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
i
k 213.230.88.167 tahrirlari 84.54.70.93 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 3:
 
Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan [[Samarqand]]dagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi.
 
zebo
 
Bolaligidan [[sheʼr]]lar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „[[Quyosh bilan suhbat]]“ (1932), „[[Safarbar satrlar]]“ (1932), „[[Traktorobod]]“ (1934), „[[Yurak]]“ (1935), „[[Mehrim]]“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „[[Norboʻta]]“ (1932) va „[[Naxshon]]“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir 1937-yilning 14-iyulida „[[xalq dushmani]]“ sifatida qamoqqa olindi va [[Toshkent]], [[Magadan]], [[Kemerovo]] turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944-yilda Kemerovoda halok boʻldi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning:
Qator 27 ⟶ 25:
 
Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „[[Yurak]]“, „[[Nil va Rim]]“, „[[Monolog]]“, „[[Nasimaga deganim]]“, „[[Yana she'rimga]]“, „[[Begona]]“, „[[Yoshlik]]“ singari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan<ref>Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „[[Yozuvchi]]“, 2000.</ref><ref>Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „[[Oʻqituvchi]]“. 2000.</ref>.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}