German Bryuk: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
2 ta manba qutqarildi hamda 0 tasi oʻlik sifatida belgilandi.) #IABot (v2.0.9.2 |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Manba andozalarida formatlash |
||
Qator 21:
== Tarjimai hol ==
[[Berlin|Berlinda]] tugʻilib-oʻsgan. Kil, [[Bonn]] va [[München|Myunxen]] universitetlarida tahsil oladi. Uning dastlabki ilmiy faoliyati astrospektroskopiya sohasiga qiziqishi boʻldi. G.Bryuk 1928-yilda Myunxenda Ph.D ilmiy darajasini oladi, u professor [[Arnold Zommerfeld]] qoʻlida kristallarning toʻlqin mexanikasi boʻyicha doktorlik dissertasiyasini nihoyasiga yetkazadi<ref>Rudolf Peierls ''Bird of Passage'' (Princeton, 1985) p. 25.</ref><ref>[http://www.lrz-muenchen.de/~Sommerfeld/KurzFass/06005.html Sommerfeld] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20030929032911/http://www.lrz-muenchen.de/~Sommerfeld/KurzFass/06005.html |date=29-sentabr 2003-
Myunxen universitetini tamomlagandan soʻng Bryuk doʻsti A.Unzoldning taklifiga binoan Potsdamdagi Astrofizika rasadxonasida ishlay boshlaydi. Rasadxonada ishlagan vaqtida Bryuk Gumboldt nomidagi Berlin universitetida fizikaviy kollokviumda qatnashgan, uning ishtirokchilari [[Max von Laue|Maks fon Laue]], [[Albert Einstein|Albert Eynshteyn]] va astronom [[Valter Grotrianlar]] boʻlishgan. Hukumat nasistlar qoʻliga oʻtgach, [[1936-yil]]da Bryuk Germaniyani tark etib, dastlab Vatikan rasadxonasida assistent boʻlib ishlaydi, [[1937-yil]]da esa [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniyaga]] koʻchib oʻtadi va u yerda [[Cambridge universiteti|Kembrij universitetiga]] ishga kiradi va Artur Eddington xodimlari davrasiga kiradi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Bryuk universitet rasadxonasi direktorining oʻrinbosari boʻladi va koʻplab falakiyotshunoschilarning oʻz oʻrniga ega boʻlishga hissa qoʻshgan talabalar astronomik jamiyatini yaratadi.
[[1947-yil]]da [[Irlandiya]] Prezidenti Imon de Valerning taklifiga koʻra, Bryuk Dublindagi ilgʻor tadqiqotlar instituti tarkibiga kiruvchi Dansin rasadxonasi ishini tashkil etish uchun Dublinga keladi. [[1950-yil]]da Irlandiya qirolligi akademiyasi homiyligi ostida Dansin rasadxonasi qoshida Qirollik astronomiya jamiyatining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi va [[1955-yil]]da Astronomiya xalqaro ittifoqi (AXI) oʻzining navbatdagi kongressini [[Dublin (Irlandiya)|Dublinda]] oʻtkazadi. AXI yigʻilishida Kembrijdagi Bryukning talabasi boʻlgan M.D.Smit tomonidan ishlab chiqilgan fotometrik tadqiqot asbob-uskunalari, shuningdek, Utrext atlasini kengaytiruvchi va Roulend tomonidan quyosh spektri qayta koʻrib chiqilgan jadvallarining bir qismi boʻlgan ultrabinafsha quyosh spektroskopiyasi boʻyicha ishlar namoyish etiladi. Bryukning rafiqasi doktor Meri Bryuk ushbu tadqiqotlarda yetakchi xodimlardan biri boʻlgan<ref name="Brück3">[http://www.royalsoced.org.uk/cms/files/fellows/obits_alpha/bruck_hermann.pdf Brück] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20160306022238/https://www.royalsoced.org.uk/cms/files/fellows/obits_alpha/bruck_hermann.pdf |date=
[[1957-yil]]da Bryuk Edinburg universitetiga ishga keladi va bu dargohda Edinburg rasadxonasi direktori lavozimini egallaydi, bu Shotlandiya qirolligi astronomi nominal lavozimini egallashni bildirardi. Bryukning shijoati tufayli Edinburg rasadxonasi astronomik tadqiqotlar boʻyicha nufuzli xalqaro markazga aylanadi. Bryuk yulduzlar va galaktikalararo ob’yektlarning fotosuratlarini avtomatlashtirilgan skanerlash uchun asbob-uskunalar ishlab chiqqadigan falakiyotshunoslar va muhandislar guruhini tuzadi. Ushbu texnologiya ob’yektlar spektrini olish vaqtini bir necha daqiqaga qisqartirish imkonini beradi, agar ilgari bir necha oy kerak boʻlardi. Bryuk jamoasi teleskoplarni masofadan boshqarish texnologiyalarini ham oz fursat ichida ishlab chiqadi. Edinburgda boʻlgan paytida Bryuk talabalar astronomik jamiyatiga asos soladi va unga rasadxonaga kirish imkonini beradi. Bir muncha vaqt Bryuk Edinburg universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritadi.
|