Fonologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
 
Qator 1:
'''Fonologiya''' (fono... va ...logiya) — [[Tilshunoslik|tilshunoslikning]] til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, [[Fonema|fonemalarning]] tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi. Fonologiyaning fonetikadan farqi shundaki, uning diqqat markazida fizik hodisa sifatidagi tovushlarning oʻzini emas, balki ularning nutqda yanada murakkabroq maʼnoli birliklar — morfemalar, soʻzlarning tarkibiy qismi sifatida bajaradigan vazifasini oʻrganish turadi. Shu tufayli fonologiyani baʼzan funksional fonetika deb ham ataydilar. Ruschex tilshunosi N. S. Trubetskoyning aniqlashicha, fonologiya bilan fonetika oʻrtasidagi oʻzaro munosabat shundan iboratki, har qanday fonologik tavsifning ibtidosi maʼno farqlovchi tovushiy ziddiyatlarni aniqlashdir; fonetik tavsif esa boshlangʻich nuqta va moddiy asos sifatida qabul qilinadi.
 
Fonologiyaning asosiy birligi — fonema, asosiy tadqiqot obyekti — fonemalarning zidlanishlari (oppozitsiyalari) boʻlib, bu oppozitsiyalar bir butun holda tilning fonologik tizimini hosil qiladi. Muayyan oʻrinda bir fonemaning ikkinchisiga qarama qarshi qoʻyilishini namoyon etuvchi soʻzlar (burborbir kabi) kvaziomonimlar (soxta omonimlar) deyiladi. Odatda, tildagi fonemalar soni kvaziomonimlar yordamida aniqlanadi va bunda biryoʻla bir fonemani ikkinchisiga qarama qarshi qoʻyish orqali ularning farqlanish elementlari tasnif etiladi. Mas, tol,sol soʻzlaridagi ikki fonema — t va s portlovchi, sirgʻaluvchi farqlanish elementlariga ega. Ularning har ikkisi ham til oldi, jarangsiz, shovqinli undoshlardir va bu belgilari farqlanmovchi elementlar deyiladi. Demak, fonema tilda oʻz vazifasini fonologik jihatdan farqlanuvchi va farqlanmovchi elementlar orqali bajaradi.