Illyustratsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 1:
'''Illyustratsiya''' (lot. illustratio — yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini bilan bogʻliq sohasi. Matnga qoʻshimcha tarzda uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma kitoblar paydo boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar mi-niatyuralar bilan bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi I. ni grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda 6—7-asr larda dastlabki ksilografiyaga oid I., 16-asr oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-asr boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri 18— 19-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (15-asr) I. miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, diniy, didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. 16-asr oxiriga kelib I. mustaqil kompozitsiya ga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. 18-asr da I. bilan kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. 18—19-asr larasrlar chegarasida tasviriy vosita — koʻndalang , kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; 19-asr uchun tugallangan I. — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizgilar xos boʻldi. 20-asr ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta boshladilar.
 
20-asr 20-y. laridan I. gʻoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol oʻynadi, texnik imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi, plakatchilik xususiyatlari na-moyon boʻldi, kitob va I. birligi kuchaydi, bolalar kitobi I. si rivojlandi. Koʻpvaraqli turkumlarni yaratilishi I. ni dastgohli grafika bilan yaqinlashtirdi.