Venetsiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) {{stub → {{chala (xato haqida xabar berish) |
k (via JWB) |
||
Qator 3:
'''Venesiya''' — Italiyaning shim.dagi shahar, Adriatika dengizining Venesiya qoʻltigʻida. Venesiya viloyati va Venesiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. V. 2 kismdan iborat: tarixiy markaz (aholisi 100 ming kishi atrofida) 150 kanal bilan ajralib turgan 118 orolda joylashgan va materikdagi sanoatlashgan port qismi. V. ning orollardagi qismi — muzey shahar, dengiz kurorti, xalqaro turizm markazi. Aholisi 450 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oxirlari). V. dagi kanallar (rio) ustiga 400 dan ortiq koʻprik qurilgan. Kanallardan eng muhimi Katta kanalning uz. 3,8 km boʻlib, shaharni butunicha kesib oʻtgan. Materikka eng yaqin orol temir yoʻl (1846 i. dan) va avtomobil yoʻlli (1932-yil dan) koʻprik orqali tutashgan. Yirik port (yuk ortib-tushirish yiliga 30 mln. t). Havo yoʻllari tuguni. Lido o.da xalqaro aeroport bor.
Mil. av. 5-asrdan boshlab V. da aholi yashagan. 9—10-asrlarda Gʻarbiy Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi savdoda vositachilik rolini oʻynagan. 4-salib yurishi natijasida (1202—04) V. Oʻrta dengiz imperiyasiga aylanadi (Istanbulning bir qismi, Marmar dengizidagi bir necha gavan, Evbey, Krit va b. orollarni egalladi). 15-asr boshlariga kelib, V. oʻzga viloyatlarni bosib olish siyosatini yuritdi. Istanbulning turklar tasarrufiga oʻtishi (1453) hamda Buyuk geografik kashfiyotlardan soʻng savdo yoʻlining Oʻrta dengizdan Atlantika okeaniga koʻchishi V. mavqeiga katta zarar yetkazdi. 17—18-
V. da (13-asrda) Italiyadagi asosiy rassomlik maktablaridan biri vujudga keldi va oʻziga xos tarzda rivoj topdi (qarang Venesiya maktabi). V. da Akademiya galereyasi, arxeologiya muzeyi, shisha buyumlari muzeyi (Murano o.da) bor. Meʼmoriy yodgorliklardan San-Marko sobori (9—15-asrlar), San-Marko qad. kutubxonasi (16-asr), saroylar (15-asr, 15-asr oxiri), cherkov va monastirlar (15—16-asr lar) va b. saqlangan.
|