Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 54:
 
== Kinosi ==
Suriyada birinchi kino seansi 1906-yilda boʻlgan. Birinchi toʻla metrajli "Aybsiz sudlanuvchi" (rejissyor Ayyub Badri) badiiy filmi 1928-yil yaratildi. 30y.larda30-yillarda "Damashq osmoni ostida" (rejissyor I. Anzur, 1932), "Burch amri bilan" va "Qahvaxona ashulachisi" (ikkala film rejissyor A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keyingi salkam 30 yil mobaynida mustamlakachilar hukmronligi davrida kinofilmlar yaratish bilan havaskorlargina shugʻullandilar. 60 yillarning 2-yarmi va 70 yillarda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi "Yuk mashina haydovchisi" (rejissyor B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofestivalida faxriy diplom olgan), "Aldanganlar" (rejissyor T. Saloh), "Qoplon" (rejissyor N. Malex, 1972, KarloviVari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida mukofot olgan) va boshqa filmlar yaratildi. Shundan soʻng Yaqin Sharq mojarosiga bagʻishlangan "Teskari yoʻl" (rejissyor Haddad, 1975), "Qahramonlar ikki marta tugʻiladi" (rejissyor S. Duxni) va "Qizil, oq, qora" (rejissyor B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning "Shirin muhabbatim" va Vadi Yusufning "Qopqon" (1980), N. Malexning "Eski suratlar" (1981) filmlari Suriya kinematografiyasining soʻnggi yillardagi muvaffiqiyatidir.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->