Arminiy Vamberi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Created page with 'thumb|''Mixay Kovach''. Arminiy Vamberi portreti, [[1861]] '''Arminiy''' yoki '''German Vamberi''' (vengercha '''Ármin Vámbéry''', nemischa '''He...'
(Farq yoʻq)

12-Iyul 2010, 09:27 dagi koʻrinishi

Arminiy yoki German Vamberi (vengercha Ármin Vámbéry, nemischa Hermann Bamberger; 19-mart 1832, Nidermarkt — 15-sentabr 1913, Budapesht) – sharqshunos, tilshunos olim, sayyoh va yozuvchi. Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosi (1861).

Mixay Kovach. Arminiy Vamberi portreti, 1861

Hayoti

Istanbulda yashagan (1857-60). Vengriya FA homiyligida Eron va Turkistonga sayohat (1863 yildan) qilgan. Vamberi darvesh niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qo‘shilib Mozandarondan Bolxon ko‘rfaziga keladi, so‘ng Turkmaniston orqali Xiva va Qo‘ng‘irotga o‘tadi. Qizilqumdan o‘tib Buxoro, Samarqand, Karki va boshqa shaharlarda bo‘ladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul bo‘ylab qaytadi.

Ijodi

 
Dunayska Streda shahrida o‘rnatilgan Vamberi byusti, Slovakiya

Vamberi tilshunoslik, adabiyotshunoslik, fol'klor, etnografiya, tarix va geografiyaga oid asarlar muallifi ("Nemischa-turkcha lug‘at", 1858; "Nemischa-chig‘atoycha lug‘at", 1860; "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi", "Mening hayotim", "Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari" va boshqalar). "Chig‘atoy tili darsligi" (1867) asarida Vamberi turkiy xalqlar fol'kloriga oid 30 dan ortiq asar haqida ma'lumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, So‘fi Olloyor g‘azallaridan olingan namunalarni va 112 ta o‘zbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy o‘rgangan.

Asarlari

  • Vamberi G., Buxârâ yâxûd Mâvarâannahr târîxî, Moskva: Buxârâ xalq ma'ârîf nazârati, 1924, 2 jild.
  • Vamberi H., Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi, Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1990, 96 b.

Qo‘shimcha ma’lumotlar