Chiroqchi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Chiroqchi (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 64:
1820 yilda Buxoro amirligiga safari chog`ida, tarixchi va sayohatchi [[Meyendorff]] Chiroqchi va [[G`uzor]]ni o`zining ''Voyage d’Orenbourg à Boukhara, fait en 1820 ...'' asarida '''villes considerables''' yani «kattagina shaharlar» deb ataydi.<ref>Meyendorff E.K. "Voyage d’Orenbourg à Boukhara, fait en 1820, à travers les steppes qui s'étendent à l’est de la mer d’Aral et au-delà de l’ancien Jaxartes", Parij, 1826, [http://books.google.com.ua/books?id=71g8AAAAMAAJ&dq=Voyage+d%27Orenbourg&printsec=frontcover&source=bl&ots=CGStog3P3h&sig=N0HrxYWT4A0iCxydJ3bnILn6r7w&hl=uz&sa=X&oi=book_result&resnum=2&ct=result#PPA162,M1 162-bet]</ref>
 
XIX asrda Chiroqchi himoya devori bilan o`ralgan kichik istehkom bo`lgan. Bu haqda mojoristonlik (asli [[yahudiy]]) mashhur sayohatchi va tarixchi [[:en:Arminius_VamberyVamberi,_Arminiy|Herman Vamberi]] o`zining «O`rta Osiyoga sayohat» asarida keltirib o`tadi.<ref>http://librari.org.ua/HISTORY/WAMBERI/azia1867.txt.htm</ref> Uning shohidlik qilishicha, Buxoro amiri [[Muzaffar ad-Din (amir)|Muzaffar ad-Din]] (yoki Muzaffariddin) bosh ko`targan shahrisabzliklarni bostirishga kelganda Chiroqchida turgan.
 
1880 yildan 1886 yilgacha Chiroqchi bekligini Muzaffar ad-Dinning oltinchi o`g`li va bo`lg`usi Buxoro amiri [[Abdul-ahad amir|Abdul-Ahad]]ning ukasi, [[Olimxon (amir)|Sayyid Olimxon]]ning amakisi [[Sayyid Mir Abdussamad]] boshqargan. Nokamtarona xulqi va isrofgarchiligi uchun otasi tomonidan Chiroqchi qozisining to`liq nazorati ostiga olingan. 1882 yilda Chiroqchiga bo`lgan V.Krestovskiyning tavsiflashicha, Sayyid Mir Abdussamad «o`zining kichik ukasi [[Sayyid Mir Mansur]]ga juda o`xshaydigan, soqol-mo`ylabsiz, 20 yoshlar chamasidagi, oriqdan kelgan yosh yigit» bo`lgan. Uning yana guvohlik berishicha, «amir (Muzaffar ad-Din) bu o`g`lini cho`rtkesarligi uchun unchalik yoqtirmagan, hatto Shahrisabzga kelsa ham, uni ko`rish uchun Chiroqchiga kirib o`tmagan». Mir Abdussamadni akasi amir Abdul-Ahad ham xush ko`rmagan. 1886 yil 4 sentabr tunida, Chiroqchi begi hibsga olinadi va Buxoroga jo`natiladi. Umrining qolgan qismini, bek Buxoroning Xo`ja G`ofur mahallasida «uy qamog`ida» o`tkazadi".<ref>http://bukharapiter.ru/content/view/51/1/1/3/</ref>