Tez aytish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Created page with 'Xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri bo‘lmish '''tez aytish''' ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlas...'
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
Xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri bo‘lmish '''tez aytish''' ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi. Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni talaffuz qila olmasdan adashib ketishi tinglovchilarning beozor kulgusiga sabab bo‘ladi. [[O‘zbek tili|O‘zbek]] tilida bu iboralarning tez aytish deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan.<br />
Lekin ko‘pchilik turkiy tillarda tez aytishlar talaffuz qilinayotganda odamning yanglishib ketishi holatini ko‘zda tutgan holda nomlangan, masalan [[Qirg‘iz tili|qirg‘iz]]chada ''жаңылтмач'', [[Qozoq tili|qozoq]] va [[Qoraqalpoq tili|qoraqalpoq]] tillarida ''жаңылтпаш'', [[Turk tili|turk]] tilida ''yanıltmaç'', [[Turkman tili|turkman]]chada ''yangiltmach'', [[Ozarbayjon tili|ozarbayjon]]chada ''yangiltmach'', va b.<br />
O‘zbek walqxalq og‘zaki ijodiyotida tez aytishlar qadim zamonlardan beri mavjud. Professor Hodi Zarif tuzgan «O‘zbek folkloru» xrestomatiyasida tez aytishga 12 ta misol keltirilgan.<br />
2005-yil fransuz tilshunosi professor Rémy Dor [[O‘zbek tili|o‘zbek]] va [[Qoraqalpoq tili|qoraqalpoq]] tez aytishlaridan namunalarni fransuz tiliga tarjima qilib izohlar bilan nashr ettirdi.