Kreml (qalʼa): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
 
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kreml (maʼnolari)}}
[[File:Red Square, winter, Moscow, Russia.jpg|thumb|300px]]
'''Kreml''', '''Moskva kremli''' — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]]ning poytaxti [[Moskva]] shahrining eng qad. qismi, qalʼasi. Moskva daryosining chap qirgʻogʻida, Neglinvaya daryosi unga quyiladigan joydagi Borovitsk tepaligida kichik bir istehkom sifatida yuzaga kelgan (11 — 12-asrlar, 1,5 ga atrofida). Bu istehkom-qalʼa qadimda "gard" yoki "grad Moskva" deb atalgan, 14-asr dan K. nomini olgan. Bu yerda knyaz Yuriy Dolgorukiy buyrugʻi bilan 1156-yilda qurilgan "shahar" — istehkom esa, avvalgi qalʼa hududidan 5—6 barobar kengroq maydonni tashqil etgan va yogʻoch devor bilan oʻralgan. Moʻgullar hujumi davrida (1237) K. vayron qilingan. K.ning keyingi taraqqiyoti knyazlikning, keyinchalik esa, markazlashgan rus davlatining poytaxti boʻlgan Moskvaning rivoji bilan bogʻlanib ketgan. Devor va minoralari dubdan (1339— 40, maydoni 18 ga boʻlgan) va oq toshdan (1367, "oqtoshli Moskva" deb ham atalgan), keyinchalik gʻishtdan qayta qurilgan (1485—95, maydoni 27,5 ga). Hozirgi tarhi uchburchaksimon (maydoni taxminan 28 ga). Devorining oʻz. 2 km dan ortiq, qalinligi 3,5—6,5 m, balandligi 5–19 m dir.