Volfram: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Dkj'''
'''Volfram''' (lotincha "Wolframium" so'zidan olingan bo'lib, "bo'ri-shlak" degan ma'noni bildiradi, ya'ni volfram birinchi marta kashf qilinganida metall rudalaridagi zararli qo'shimcha deb hisoblangan va kashf etilganidan keyin 100 yil mobaynida volfram umuman ishlatilmagan) - [[Mendeleyev davriy sistemasi|D. I. Mendeleyev davriy sistemasi]]<nowiki/>ning VI guruh elementi; tartib raqami 74, atom massasi 183,84; oq-kumush rangli, qiyin suyuqlanuvchi ogʻir metall. Tabiiy volfram massa soni 180 (0,16%), 182 (26,35%), 183 (14,32%), 184 (30,68%) va 186 (28,49%) boʻlgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat.
 
1781 yilda shved kimyogari Volfram Volfram Sheele Volframni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783 yilda ispan kimyogarlari aka-uka d’ Elxuyarlar \UO3ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning oʻzini olishdi va uni Volfram deb atashdi. Volfram uzok yillar davomida sanoat miqyosida qoʻllanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan boʻlib, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirligi jihatidan 110-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO, va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega.