Gulbadan begim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Matn qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Gulbadan begim''' (1522, Kobul -1603, Dexli) — [[Amir Temur]] avlodidan, [[Markaziy Osiyo]]da oʻrta asrlarda yagona ayol-tarixchi.
 
Zahiriddin Muhammad [[Bobur]]ning qizi. Onasi Dildor begim. BoburningGulbadan begim otasi Bobur podshohning farmoniga ko'ra katta xotinionasi ya'ni Humoyun Mirzoning onasi - Mohim begim qoʻlida tarbiyalangan. 1529-yilda [[Agra]]ga borgan. Yoshligidan adabiyot va tarixga qiziqqan. Zamonasining barcha bilimlaridan boxabar boʻlgan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan, "Boburnoma"ni mutolaa qilgan. Umrining oxirigacha asosan Hindistonda yashagan, Makkada boʻlgan (1575—82). Akbar buyrugʻiga koʻra Bobur va akasi [[Humoyun]] haqida "[[Humoyunnoma]]" asarini yaratgan. Asarda 15-asrning oxiri — 16-asrning oʻrtalarida Movarounnaxr, Afgʻoniston va Hindiston hududlarida roʻy bergan voqealar bayon qilinadi.Gulbadan begim o‘z asarida saroy ahlining hayot tarzi, shuningdek, tarixiy asarlarda uchramaydigan Bobur podshoh xonadonining nozik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, to‘y va aza bilan bog‘liq udumlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, kiyim-kechak turlari kabi jihozlar haqida mufassal hikoya qiladi. Unda "Boburnoma"da tasvirlangan voqealarning davomi qalamga olingan, shuningdek, "Boburnoma"ga kirmagan baʼzi voqea-hodisalar aks etgan. Asar forsiyda yozilgan. G.b. Boburning tarixiavislik sohasidagi anʼanalarini davom ettirib, kitobida tarixiy voqealar bilan birga madaniyat, adabiyot, tilshunoslik, geogr., etnografiya va b. sohalarga oid maʼlumotlarni ham keltirgan. Bobur hukmronligi davri voqealarini qisqa bayon qilib, Humoyun davrini batafsil yoritgan. Asarning 83 varakdan iborat yagona qoʻlyozma nusxasi Angliyaning Britaniya muzeyida saqlanadi. Unda voqea tugallanmagan, ingliz sharqshunosi Charlz Ryo oʻz katalogida uning qisqa tavsifini bergan. Ingliz olimasi A.S. Beverij ingliz tiliga (London, 1902), S. Azimjonova oʻzbekchaga (Toshkent, 1959) tarjima qilib, forscha asl nusxasi va izohlari bilan nashr ettirganlar. Tarixchi olim Abulfazl Allomiy "Akbarnoma" asarini yaratishda "Humoyunnoma"dan keng foydalangan.
 
Ac: Humoyunnoma, T., 1959.