Isfahon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 63:
'''Isfahon''' — Eronning markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi boʻyidagi xushmanzara joyda. Isfahon ostonining maʼmuriy markazi. Yiliga 128 mm yogʻin yogadi. Aholisi 1 583 609 ming kishi (2006).
 
I. qadimiy qoʻlyozmalarda (mas, Ptolemey asarlarida) Aspadana nomi bilan tilga olingan. Sosoniylar davri (3— 7-asrlar)da Markaziy Eronning iqtisodiy va madaniy markazi boʻlgan. 7-asrda shaharni arablar egallagan. 8—13-asrlarda I. Yaqin va Oʻrta Sharqdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlgan. 1237-yilda I.ni moʻgʻul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387-yilda uni Amir Temur egallagan. Shahar 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida, Safaviylar davlatining poyimipoytaxti boʻlgan davrda ayniqsa ravnaqtopganravnaq topgan. I. 17-asr oʻrtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722-yilda uni afgʻonlar bosib olib, talon-taroj qildilar. 18-asr oxirida poytaxt I.dan Tehronga koʻchirilgach, shaqarshahar avvalgi mavqeini yoʻqotdi.
 
I. — mamlakatda Tehrondan keyin 2-oʻrindagi muhim savdo-sanoat markazi. Avtomobil va havo yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (ip va jun gazlamalar, trikotaj sanoati), yogʻochsozlik, ozik, ovqat (yogʻ, shakarqand), sement, poyabzal, kimyo korxonalari, oyna zavodi bor. Shahar yaqinida yirik metallurgiya zavodi qurilgan. I. — gilam toʻqish va oʻr-ta asr miniatyurachiligining qad. markazi.
 
I.da Eron meʼmorchiligining bukj yodgorliklari saqlanib kelmoqda. JomsJome masjidi (9—20-asrlar), Chehel Doʻxtaron (1107) va Sarebon minoralari (12-asr oxiri), Jaʼfar maqbarasi (14-asr), Horune Viloya maqbarasi, Shoh masjidi (1612—30), Lutfullo masjidi (1603—18), Ali Qopu saroyi (15-asr), Chehel Sutun saroyi (1590), Modari Shoh madrasasi (1706—14), minoralari tebranuvchi Jonbe masjidi, bir necha koʻprik-binolar, universitet bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==