Indeyslar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 2:
[[Fayl:Delegación de Jarabe Mixteco 2009.jpg|thumb]]
[[Fayl:Jarabe Mixteco.jpg|thumb]]
'''Indeyslar''' — Amerikaning tub aholisi (eskimoslar va aleutlardan tashqari). Umumiy soni 35 mln. kishi (1990-y.laryillar oʻrtalari). Eng yirik xalqlari — kechua, aymara, atsteklar, mayya, guarani, araukanlar va b. Qitʼani kashf etgan Kolumb bu yerni Osiyoning bir boʻlagi — Hindiston, aholini esa hin-dular deb oʻylagan. Kolumbning xatosi aniqlangandan keyin ham qita Vest-Indiya (Gʻarbiy Hindiston), tub aholi Amerika I.i deb nomlanib kelingan. Amerika qitasini yevropaliklar tomonidan oʻzlashtirilishi natijasida koʻplab qabilalar butunlay yoxud qisman qirib tashlangan, boshqa r-nlarga siqib chiqarilgan. AQSH va Kanadada maxsus ajratilgan joy (rezervatsiya) larda yashashadi. Boliviya va Gvatemala aholisining koʻpchilik qismini tashkil qiladi. Yevropaliklar bilan aralashish natijasida metislashib ke-tishgan (k,. Metislar). Tili — indeys tillari, shuningdek, I.ning salmoqli qismi ispan (Lotin Amerikasi) va ingliz (Shim. Amerika) tillarida ham soʻzlashadi. I. antropologik jihatdan mongoloid irqqa mansub, lekin Osiyo mongoloidlaridan burunning choʻziqligi va koʻz qisiqligining yoʻqligi bilan farq qiladi. I. hozir 90 ga yaqin qabila va qabila uyushmalaridan iborat. Dindorlari —xristian katoliklar, protestantlar, shuningdek, sinkretik (aralash) dinlar va anʼanaviy diniy eʼtiqodlar ham mavjud.
 
I. Amerika qitʼasiga bundan 20—30 ming yillar ilgari Shim.sharqiy Osiyodan koʻchib oʻtganlari haqida arxe-ologik dalillar mavjud. Oʻsha vaqtlarda Amerika Alyaska orqali Osiyo bilan tutash edi, 10—6 ming yilliklarga kelib, tabiiy geografik sharoitning oʻzgarishi natijasida Osiyo Amerika qitʼasidan ajralib ketgan. Buni I. tilida koʻplab qad. turkiy tilga xos soʻzlar va atamalar saklanib qolganligi ham isbotlaydi.