Zamburugʻlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 13:
Zamburugʻlar oʻsimlik, hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega, oziqovqat mahsulotlarini buzadi. Gʻoʻzada vilt va chirish kasalliklarini paydo qiladi (yana qarang [[Zamburugʻli kasalliklar]]). Baʼzi zamburugʻlar hasharotlar sonini hamda kasallik tugʻdiruvchi (patogen) zamburugʻlar rivojini susaytirishda ijobiy ahamiyatga ega. Vertitsillyoz soʻlishni qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar kushandasi (zamburugʻlar — antagonist)ga Trichoderma Iignoram Hars., Aspergilius sp., Penicillim sp. va boshqalar kiradi.
 
Zamburugʻlar tuproqda bakteriyalar[[bakteriya]]lar, [[aktinomitsetlar]] va [[mikroorganizmlar]] bilan birgalikda organik moddalarni parchalab, sanitarlik vazifasini bajaradi va tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Shu bilan birga tuproqda usimlik kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar toʻplanib ham qoladi. Monokultura natijasida oʻsimliklarning maʼlum turlarigagina ixtisoslashgan zamburugʻlar yigʻiladi. [[Aspergilius]], [[Penicillium]], [[Mucor]], [[Trichothecium]], [[Rhizopus]] va boshqa turkumga mansub baʼzi tur zamburugʻlar urugʻlik materialning mogʻorlashiga sabab boʻlib, ularning unuvchanligini pasaytiradi. Koʻpgina mogʻor zamburugʻlar xom ashyoni saklash davrida paxta tolasi sifatini buzadi. Baʼzi turlari isteʼmol qilinadi (jumladan, [[qoʻziqorin]]). Zamburugʻlarning [[fermentativ]], [[antibiotik]], [[toksik]] va [[parazit ]]lik xususiyatlaridan veterinariyada hamda oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda, shuningdek, yengil sanoatda, oziqovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Yana qarang ==