Zoologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 5:
3. boshqa biol. fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va q.x. bilan uzviy boglik. Z.ning koʻpgina boʻlimlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik kabi q.x. tarmoqlarini rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va koʻpaytirish, shuningdek, q.x. zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
 
Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 y.laryillar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi.
 
Z.ning taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ (avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar, hasharotlar va chu-valchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan atash (binar nomenklaturshik taklif etadi. Fransuz J. Byuffon 3. sohasidagi barcha maʼlu-motlarni toʻplab, 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini yozadi. Fransuz olimi J. Kyuvye qad. hayvonlarning kaznima qoldiqlarini oʻrganadi va organiz-mning bir butunligi, organlarning oʻzaro bogʻlikligi toʻgʻrisidagi organlar korrelyasiyasi taʼlimotini yaratdi. U fanga "tip" tushunchasini kiritdi va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimoyoklilar, ignaterililar tiplariga hamda 19 sin-fga ajratadi. 19-asrda biol.da tirik tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi evolyusion gʻoyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan hujayra nazariyasining ilgari suri-lishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Turlarning oʻzgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi boʻlib J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashti-rib, hayvonlarni 14 sinfga ajratadi.