Aygʻir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
 
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshildi -->
 
'''Aygʻir''' – [[voyaga yetish|voyaga yetgan]] [[ot (hayvon)|ot]]. A. [[biya]]dan koʻra sekinroq oʻsib, kechroq voyaga yetadi. A.ning qarchigʻayi biyanikiga nisbatan 2–3 [[santimetr|sm]] baland, [[vazn]]i ogʻir, [[oyoq]]lari uzun va pishiq, [[kalla (biologiya)|kalla]]si katta, [[gavda]]si ixchamroq. [[Nasl]]dor A.lar yilqining sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. [[Naslchilik]] ishlari uchun A. [[tanlash]]da ularning ishchanligi (chopish yoki yuk tortish [[qobiliyat]]i), jinsiy faolligi, tana tuzilishi va ajdodining sifatlari e’tiborga olinadi. Agar biror A.dan bola olingan boʻlsa, oʻsha A. na-slining sifatiga qarab ham baholanadi. Koʻpchilik A.lardan naslchilik ishlarida gʻunanligidan boshlab foydala-niladi. A. bir mavsumda [[uyur]]ga qoʻyish usuli qoʻllanganda 25 biyani, qoʻlda [[qochirish]] usuli qoʻllanganda 50 biyani qochiradi. [[Sunʼiy qochirish|Sun’iy urugʻlantirish]] usuli qoʻllanganda, har bir A.ning mavsumda bergan [[pusht]]i 500 biyani qochirishga yetadi.