Persepol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Persepolis''', Persipolis, Taxt-e Jamshid — [[Sheroz]] [[shahar|shahri]] ([[Eron]])dan 50 km shim.-sharqda joylashgan qadimgi shahar. [[Mil. av. VI asr|Miloddan avvalgi 6-asr]] oxirida barpo etilgan [[Ahamoniylar davlati]]ning [[poytaxt]] shaharlaridan biri. [[Mil. av. 330|Miloddan avvalgi 330 -yil]] [[Aleksandr]] (Iskandar) tomonidan bosib olinib, yondirilgan va shahar tashlandiq holga kelgan. P.da asosiy [[arxeologik qazish|qazishma]] ishlari [[XX asr|20-asr]]ning 30-yillaridan olib borilgan. [[Togʻ]] etagida bunyod etilgan mahobatli [[meʼmorlik|meʼmoriy]]-[[haykaltaroshlik]] majmui (miloddan avvalgi taxminan [[mil. av. 520|520]]—[[mil. av. 450|450]] yillar) atrofi ham [[gʻisht]]dan [[qurilish|qurilgan]] 2 qatorli [[devor]] bilan oʻralgan; tantanalar oʻtkazilgan [[zal]] — Apadana, [[Doro]] va [[Kserks I|Kserks]]ning tosh [[relyef (haykaltaroshlik)|relyef]]lar bitilgan [[saroy (qasr)|saroy]]lari, [[haram]]xona [[bino]]si, [[Jahon]] [[darvoza]]si, [[Shoh]] zali („Yuz us-tunli“) harobalari aniklangan. [[Axomaniylar|Axomaniy]] [[podsho]]xlarining [[bitik]]lari va [[elam tili]]da yozilgan minglab [[sopol]] parchalari topilgan. P.ning [[gʻarb]] tomonida katta [[otashgoh]]ning [[qoldiq|qoldiq]]lari saqlangan. P. saroyi qabulgohidan [[Arabiston|Arabiston]], [[Turon]], [[Hindiston]], [[Habashiston]]dan kelgan [[elchi]]lar, [[sarboz]]lar, [[savdogarlar]], [[hunarmand|xunarmand]]larning yuzlab su’ratlari toshga oʻyib tasvirlangan, [[yozuv]]larda ifodalangan.
 
Hamidjon Homidov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>