Fotografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
tuz.
ErikvanB (munozara | hissa)
continuous promotion - https://commons.wikimedia.org/wiki/Special:Contributions/Pavel_Chrob%C3%A1k
Qator 1:
[[Tasvir:Large format camera lens.jpg|right|thumb|Fotokamera.]]
[[Tasvir:Model Marc Engelhard so slnečnými okuliarmi a v módnom oblečení..jpg|thumb|right|[[Fotomodel]] Marc Engelhard (Suratchi: Detlef Buchholz)]]
 
'''Fotografiya''' — maxsus optik asbob [[fotoapparat]] yordamida yorugʻlik sezgir fotografik materiallar (maxsus modda qoplangan qogʻoz, shisha, plyonka)da obyektning oqqora yoki rangli tasvirini hosil qilish usuli; shunday usulda olingan surat. Fan, texnika va sanoatning muhim sohasi. Yorugʻlikning fotoapparatga joylangan fotomaterial (mas, fotoplyonka)ning yorugʻlik sezgir qatlamida yashirin fotografik tasvir hosil qilish xossasiga asoslangan. Kimyoviy fotografik ishlov berilgani (kimyoviy modda — ochiltirgich taʼsir ettirib ochiltirilgani)dan soʻng koʻrinadigan tasvir (oddin negativ, keyin pozitiv) hosil boʻladi. Bu tasvir fotonusxa (fotosurat) deb ataladi. Ochiltirgich tarkibiga metol, gidroxinon, paraminofenol, amidol, glitsin, dietilparafenildiamin (rangli tasvirlar uchun) va boshqa kimyoviy moddalar kiradi. Ochiltirilgan tasvirga mustahkamlagich modda (fiksaj) taʼsir ettirib, fotosurat mustahkamlanadi. Mustahkamlagich sifatida natriy tiasulfat (giposulfit) asosidagi eritmalar (odatda, suvdagi 25% li eritmasi) qoʻllanadi. Baʼzi fotografik jarayonlarda „kaytar“ fotomateriallardan foydalaniladi. Maxsus kimyoviy ishlov berilganidan soʻng ularda bevosita pozitiv hosil boʻladi.