Vikipediya:Manbalarga ishoratlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manba keltirish: Xitoy tili fonetik tizimini isloh qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida ma’lumot berish.
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.139.137.111 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 7:
[[Tasvir:vp_mi_1.png|thumb|Natija]]
Qandaydir taʼkid<nowiki><ref>[http://www.qandaydirsayt.uz Manba]</ref></nowiki>
...
Maqsad: Xitoy tili fonetik tizimini isloh qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida ma’lumot berish.
Tayanch so‘z va iboralar: 主 音 字 母 zhuyinzimu fonetik alifbosi, umumdavlat 国语 guoyu tili, goyuy, alifbo yozuvi, Pekin shevasi, Van Chjao alifbosi, Lao Nay-syuan fonetik tizimi, 声母 shengmu – bo‘g‘in boshi undoshlar, 字母 zimu- oraliqdagi tovushlar, 韵母 yunmu – bo‘g‘in oxiri tovushlar.
Xitoy tili tovush tizimining rivojlanishini tadqiq etishda Maorif vazirligi tomonidan 1918 yilning noyabr oyida rasman tasdiqlangan 主音字母 zhuyinzimu fonetik alifbosi katta ahamiyatga ega. Unda asosan Pekin talaffuziga asoslangan hozirgi zamon adabiy milliy xitoy tilining tovush tizimi aks ettirilgan. 主音字母 zhuyinzimu fonetik alifbosi umumdavlat 国语 guoyu tilini yaratish yo‘lidagi kuchli harakat natijasida paydo bo‘ldi.
Xitoyning hukmdor sinflari tomonidan adabiy yozma va xalq og‘zaki tillar o‘rtasidagi uzilishni sun’iy ravishda tushunarsiz bo‘lgan eski adabiy yozma tilni saqlab turishlariga qaramay, butun Xitoyda hammaga tushunarli bo‘lgan adabiy tilga zarurat tobora o‘sib borardi. Bu zarurat ayniqsa 1894-1895 yillardagi yapon- xitoy urushidan so‘ng, Xitoydagi iqtisodiy va siyosiq qoloqlik yaqqol ko‘rinib qolganda yanada sezilarli bo‘ldi. Mazkur urushning Xitoy uchun bo‘lgan ayanchli natijalari xhitoy xalqi, ayniqsa xitoy ziyolilari orasida katta e’tirozni kelib chiqardi.
“Xitoy devori” bilan tashqi dunyodan ajralish siyosati va ayniqsa, butun qadimgi narsaga tobelikka ega bo‘lgan konfusiy mafkurasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning tormozi/ to‘siq ekanligi aniq bo‘ldi. ziyolilarning progressiv qatlamlari faolsizlikka qarshi kurashda, G‘arbdagi ilm-fan yutuqlarini o‘rganishga, boshqa xalqlarning tarixi, turmush tarzini o‘rganishga da’vat etdilar. Inqilobga da’vat qilgan manifestlar chop etildi. Adabiyotda va matbuotda nafaqat venyan, balki og‘zaki tilni ishlatish talabi qo‘yildi.
Bu paytga kelib, xitoyliklar alifbo yozuvining turli zamonaviy tizimlari
bilan tanishdilar. Xitoyga xitoy yozuvidan ancha sodda va qulay bo‘lgan Yevropa yozuvi kirib keldi va ma’lum darajada tarqaldi. Yapon milliy alifbosi bilan tanishish ham alifbo yozuvining afzalligiga ishonchni mustahkamladi. Bu barcha omillar ta’siri ostida xitoy yozuvini soddalashtirish uchun keng harakat boshlandi.
Shu davrda xitoy yozuvini fonetik alifbo kiritish yo‘li bilan isloh qilishning ko‘plab loyihalari paydo bo‘ldi. Professor Lyu Fu turli alifbolarning 6 ta mualliflarini ko‘rsatib o‘tadi, ulardan Van Chjaoning (1859-1933) «官话字母 guanhuazimu» deb nomlangan hamda Lao Nay-syuanning «间字 jianzi» deb nomlangan alifbosi eng katta ahamiyatga ega edi. Bu ikki alifbo yarim rasmiy ravishda qabul qilingan bo‘lib, ma’lum darajada o‘qitilishda ham ommalashdi.
Biroq xalq ommalari uchun tushunarli bo‘lgan til uchun kurash qaysi sheva o‘z og‘zaki va yozma shaklida barcha xitoyliklar uchun tushunarli bo‘lgan umumdavlat tili rolini bajara olishi haqidagi qarorni qabul qilish zaruriyatini olg‘a
46
 
surdi. Umumdavlat tilining asosiga Pekin shevasi olinishi lozim deb tan olindi. Bunday tanlov uchun asos Pekin Xitoyning poytaxti va Pekin talaffuzi Xitoy aholisining aksariyat qismi uchun tushunarli bo‘lganligi, Shimoliy deb nomlangan sheva sohiblari uchun ham tushunarliligi boshqa hududlarda esa chenovniklarning hamda jamiyatning boshqa qatlamlari bu tildan foydalanishi edi.
Van Chjao (1900y.)ning «官话字母 guanhuazimu» nomli alifbosining loyihasi Pekin shevasining tovush tizimini aks etar edi. 62ta umumiy belgidan 50 tasi (音母 yinmu) boshlang‘ichga va 12 tasi (后母 houmu) yakuniyga mansub edi.
Belgilar muvofiq ierogliflarning soddalashgan shakli edi. Ba’zi bir
morfemalar bir belgi bilan yozilsa, aksariyati 2 belgi bilan yozilgan, bunda
boshlang‘ich belgi chapda, yakuniysi o‘ngda yozilgan.
4 ohang nuqtalar bilan belgilangan.
Boshlang‘ich belgilarning katta soni yarim unlilar boshlang‘ich bo‘g‘in
undoshlarga tegishli ekanligi bilan shartlanadi.
Bundan so‘ng paydo bo‘lgan Lao Nay-syuanning (1907) tizimi nafaqat
Pekin shevasini, balki xitoyning boshqa sheva talaffuzlarini ham qamrab olar edi.
<nowiki><references/></nowiki>
 
== Havolalar boʻlimi ==
Ishoratlarni yana maqola oxiridagi '''Havolalar''' boʻlimida keltirish mumkin. Bunda har bir havola yangi qatordan yozilishi kerak. Misol: