Reklama: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Reklama''' (lotinchatotincha "reklamo" — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatisht






oʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi.
 
Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi.