Zoologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
k (via JWB)
Qator 3:
Tekshirish obʼyektlariga binoan ham 3. bir kancha fanlarga ajratiladi. Maye, bir hujayralilarni protozoologiya, yaʼni protistologiya, parazit chu-valchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya, qis-qichbaqasimonlarni karsionolo-giya, oʻrgimchaksimonlarni araxnologiya, kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliklarni ixtiologiya, qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya oʻrganadi.
 
3. boshqa biol. fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va q.x.qishloq xoʻjaligi bilan uzviy boglik. Z.ning koʻpgina boʻlimlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik kabi q.x.qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va koʻpaytirish, shuningdek, q.x.qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
 
Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 yillar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi.
Qator 17:
Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qi-zilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Uning ta-shabbusi bilan 1876-yilda Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqi-qotlar, asosan, mahalliy aholi oʻrta-sida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biol.si batafsil oʻrganil-di (L. M. Isayev, N. I. Xodukin). Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hoz. Tibbiyot parazitologiya instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning oʻrtalariga kelib bezgak va rishta batamom tugatildi.
 
Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish, ayniqsa, Turkiston davlat unti tashkil etilgandan soʻng jadallashdi. Bu davrdagi zoologik tadqiqotlar hayvonlarning deyarli barcha taksonomik guruxlarini oʻz ichiga oladi. Untning zoologiya va gidrobiologiya kafedralarida tuproq hayvonlari (bir hujayralilar, nematodalar, yomgʻir chu-valchanglari), suv havzalari plankton tarkibi va hasharotlar oʻrganildi (A. L. Brodskiy, Ye. S. Kiryanova, S. D. Muraveyskiy, N. A. Keyzer, V. F. Gur-vich, V. P. Nevskiy). Zoologik tadqiqotlar miqyosi Oʻzbekistonning turli shaharlarida oliy oʻquv yurtlari va, ay-niqsa, Oʻzbekiston FA Zoologiya ins-tituti tashkil qilinishi tufayli yanada kengaydi. 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmidagi asosiy tadqiqotlardan tuproq bir hujayralilari (A. L. Brodskiy, V. F. Nikolyuk va b.), oʻsimlik nematodalari (A. Toʻlaganov , Sh. Xurra-mov, 3. Norboyev, O. Mavlonov va b.), yovvoyi va q.x.qishloq xoʻjaligi hayvonlari gelmintlari (M. Sultonov, I. Ergashev, J. Azimov, T. Krbilov, N. Matjonov, Sh. Azimov, S. Dadayev va b.), oʻrgimchaksimonlar (N. Ergashev) va zararkunanda hasharotlarni (V. Yaxontov, S. Alimu-hamedov, R. Olimjonov, A. Muhammadiyev, A. Hamroyev, M. Ahmedov, G. Du-bovskiy, B. Allamurodov va b.) oʻrganish sohasida olib borilgan tadqiqotlar ayniqsa salmokli boʻldi. Parazit ikki qanotlilar va bir hujayralilarni oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha ham keng miqyosda tadqiqot ishlari olib borildi (E. Gan, M. Qodirova, A. Obidjonov, O. Davronov va b.). Oʻzbekistonda gidrobiologik tadqiqotlar suv hav-zalarining biologik mahsuldorligini oshirish, yangi tur hayvonlarni iqlimlashtirish bilan bogʻliq boʻldi (A. L. Brodskiy, S. D. Muraveyskiy, N. Kayzer, G. Bulgakov, V. Gurvich, A. Muhammadiyev, F. Komilov, M. Abdullayev, I. Mirabdullayev, A. Omonov va b.). Oʻzbekiston hududida umurtqali hayvonlar toʻgʻrisidagi ayrim maʼlumotlar 19-asrning 1-yarmida paydo boʻlgan. Lekin ularni keng miqyosda oʻrganish faqat 20-asrning boshlarida boshlandi. 20-asrning oʻrtalari va oxirida sut emizuvchilar (D. Kashkarov, T. Zohidov, O. Mitropolskiy. I. Kolesnikov, Ya. Dovlatov), kushlar (D. Kashkarov, R. Meklenbursev, A. Sagitov, O. Bogdanov, S. Baqoyev, E. Shernazarov), sud-ralib yuruvchilar oʻrganildi (T. Zohi-dov, O. Bogdanov), hayvonlar qazilma qoldiklari (B. Botirov va b.) tadqiq qilindi.
 
Soʻnggi yillarda 3. sohasidagi tadqiqotlarda ekologiya, biokimyo, biofizika bilan bogʻliq izlanishlarga keng oʻrin berildi. 3. sohasidagi asosiy mu-ammolar hayvonot dunyosi biologik xilma-xilligini hamda endemik, noyob va soni kamayib ketayotgan turlarni saklab qolish va koʻpaytirish bilan bogʻ-liq. Oʻzbekistonda 3. sohasidagi tad-qiqotlar Oʻzbekiston FA Zoologiya, Chorvachilik, Veterinariya, Q.x. ekinlarini himoya qilish intlarida, de-yarli barcha universitetlar, tibbiyot va pedagogika institutlari kafedralarida olib boriladi.