Kitob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Qator 17:
Oktabr toʻntarishidan soʻng sovet tuzumi davrida K. bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy K.lar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin K.ga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy K.lar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20—30-yillarda, Oʻzbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qoʻlyozma K.lar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi K.lar, keyinroq katagʻonga uchragan oʻzbek yozuvchilarining asarlari yoʻq qilina boshlandi: oʻtda kuydirildi, suvga tashlandi.
 
Istiqloldan keyingi yillarda K. mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish boʻldi. [[Tarix]]iy, [[din]]iy, milliy qadriyatlarga taalluqli K.lar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991-yil, „Choʻlpon“ nashriyotida; 2001-yil, Toshkent Islom un-tiuniversiteti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari (1991—96 yillar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bogʻliq oʻnlab K.lar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli toʻla asarlari (1998 — 2002, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, [[Ibn Sino]], Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulugʻbek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli „Xotira“ K.i chiqarildi. „Oʻzbekiston“ nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997—2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur K.lar nashr etmoqdalar. K.larning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana qarang [[Noshirlik]]).
 
K.larning toʻzilishi va turlari. Hozirgi K.lar oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra muayyan shaklga ega. K. sahifalarga ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning K. sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. K.ning bosh qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda muallif ismsharifi, K.ning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada boʻlishi mumkin; bu holda u K.ning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining ayrimlari K.ning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi. Matnning mazmuniga karab, K.da turli usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. K.ning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, K.da mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham boʻlishi mumkin. K. sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi (qarang [[7a-bok]]).