Brest viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v2: Umumiy tuzatmalar
k (via JWB)
Qator 5:
Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi — 4°, iyulniki 18°. Oʻrtacha yillik yogʻin 550–650 mm. Yirik daryolari — Pripyat (irmoqlari — Yaselda, Pina), Stiryu, Gorinyu. Koʻllari — Vigonovskoye, Chernoye. Tuproklari bir oz podzollashgan, qumli, chimlipodzol va boshqa tuproklar. Torfli yerlar, botqoqliklar, oʻrmonlar (karagay, qayin, dub, olxa oʻsadi) koʻp. Viloyatning shim.da yirik oʻrmon qoʻriqxonasi — Belaya Veja pushchasi joylashgan.
 
Sanoati asosan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Goʻsht (Brest, Baranovichi, Pinskda), parrandachilik kombinatlari (Kobrin va Pinskda), sabzavot va meva konserva zavodlari (Kobrin va Lyaxovichida), moysir zavodi, spirt va kraxmal zavodlari bor. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati ham muhim oʻrin tutadi, gugurt, fanera va turli mebellar ishlab chiqariladi. Oʻrmonkimyo sanoati korxonalari, Baranovichi, Brest, Pinsk shahri larida yengil sanoat korxonalari (tikuvchilik, poyabzal, trikotaj fkalari) bor. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati barpo etilgan. Beryozovsk GRES qurilgan. Baranovichida stanoksozlik asbobuskunalari, Brestda gaz apparatlari va boshqa ishlab chiqariladi. Brestda gilam kombinati bor. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Asosiy ekinlari: javdar, bugʻdoy, suli, grechixa, arpa, makkajoʻxori; texnika ekinlaridan zigʻir, konoplya, qand lavlagi, kartoshka yetishtiriladi. Polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol boqish, qoʻychilik va choʻchqachilik katta oʻrin tutadi. Transportning asosiy turi — temir yoʻl transporti (Moskva—Brest temir yoʻl). Avtomobil yoʻli Brest viloyati ni boshqa iktisodiy r-nlarrayonlar bilan bogʻlaydi. DneprBug kanalida kema qatnaydi. Brest viloyati da qurilish injenerlari va ped. instituti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 5 muzey bor.
 
== Adabiyotlar ==