Forobiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 60:
Farobiy ilgari surgan fikrlar XVI-XX asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
 
Farobiyning ilmiy merosini oʻrganish XX asrning 1yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra de Vo, R. Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de Erlanjer, I. Goldsiyer, Forobiy Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa Forobiyning ilmiy merosini oʻrganishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Rus olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. Bertels, S. N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish borasida koʻp ish qildilar. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, Usmon Amin, M. Maxdi, Sayd Nafisiy, I. Madkur, Rajabi Tabriziy, Mexrdod, A, Atesh, Oydin, Umar Farrux, Saidhusayn Nosir, Mahmud Abbos, Turker va boshqa Forobiyning hayoti va ijodi bilan qiziqdilar. Qozoq olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus tilida chop etib, ijtimoiyfalsafiy, mantiqiy va axloqiy qarashlarini tahlil qildilar. Forobiyning boy ilmiy merosini oʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov, V. Y. Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. Kaziberdov, A. Irisov va boshqa allomaning hayoti, ijodi va falsafiy qarashlari haqida i.t.ilmiy tadqiqot olib bordilar. M. M. Xayrullayev sobiq Shoʻrolar davrida birinchi bulib I. M. Moʻminov rahbarligida 1966-yil Forobiyning falsafiy merosi hamda dunyoqarashiga bagʻishlangan drlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos soldi.
 
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy oʻquv yurtlari, maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi bilan ataladi.<ref>[[OʻzME]]</ref>