Ginekologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 3:
G. 19-asrning oʻrtalarida mustaqil fan sifatida tashkil topdi. Anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, mikrobiologiya, endokrinologiya, jarrohlik va b. fanlar G.ning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. G.ning tarixi juda qadimga borib taqaladi. Misr, Hindiston, Yunonistonning qad. qoʻlyozmalarida G.ga oid maʼlumotlar keltirilgan. G. tushunchasi Gippokrat, Gerofil kabi yunon vrachlarining asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Siioning "Tib qonunlari"da bir qancha ginekologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlash, davolash va oldini olish yoʻllari bayon etilgan.
 
Toshkentda Hadra dahasida Oʻzbekistonda birinchi ayollar va bolalar shifoxonasi ochilishi (1880), Oʻzbekistonda akusher-ginekolog vrachlar tayyorlana boshlashi, 1927-yilda Onalik va bolalikni muhofaza qilish i.t.ilmiy tadqiqot instituti, Oʻrta Osiyo universiteti (1921), ToshTI (1931; 1940), SamTI (1934) hamda Vrachlar malakasini oshirish institutida (1950; I960) akusherlik va ginekologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi G. va akusherlik sohasining fan sifatida rivojlanishiga olib keldi. Bunda Oʻzbekistan FA akad. I. 3. Zokirov, prof. A. A. Kogan, A. A. Krdirova, O. Mirsoatov, Yu. K. Jabborova va b.ning salmoqdi hissalari bor. Qizaloqlar va boʻyi yetib qolgan qizlar kasalliklarini oʻrganish jadal olib borildi; ularning jinsiy yetilish jarayonini oʻrganish, jinsiy aʼzolaridagi nuqsonlar, qayz koʻrish jarayonidagi oʻzgarishlar hamda kasalliklarini erta aniqlash va davolash keyingi hayotida roʻy berishi mumkin boʻlgan noxush xrlatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi da bepushtlik muammosi oʻrganildi va uni davolash maqsadida jarroxdik usuli qoʻllanildi (A. A. Sholoxova). Homiladorlikning ilk davridayoq tashhis qoʻyish, tugʻruqqa tayyorlash, shuningdek, tugʻruq bilan bogʻliq boʻlgan xrrdiq muddatini oʻzgartirish; Oʻzbekistan iqlimi sharoitida homiladorlikning yurak-qon tomir tizimiga taʼsiri oʻrganildi. Abort paytida infeksiya tushishining oldini olish va davolash, patogenez muammolari va bola tushish sabablarini oʻrganishga oid qator tadqiqotlar oʻtkazildi. Gemostazning oʻziga xos xususiyatlari va kamqon homilador ayollarda quvvat almashinuvi hamda bola koʻrish orasidagi muddat koʻrsatkichlari oʻrganildi va ilmiy jihatdan asoslab berildi. Akusherlik qon ketishlarining oldini olish va uni davolash masalalari ishlab chiqildi. Xotin-qizlar i.ch.ning turli sohalarida faoliyat koʻrsatayotganlarini nazarda tutib, koʻchma ginekologik tekshiruv, ayollarni rejali profilaktik koʻrikdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. OʻzRdaOʻzbekiston Respublikasida Akusherlik va ginekologiya, Pediatriya i.t.ilmiy tadqiqot instituti, tibbiyot institutlari, vrachlar malakasini oshirish instituti hamda yirik kasalxonalarning ginekologiya boʻlimlarida G. masalalarini hal etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib boriladi. Toshkent sh.da Respublika hamda 2 ta shahar perinatal markazi, shuningdek, yirik i.t.ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlari qoshida skrinning markazlari tashkil etilgan. Bular onalar oʻlimini bir necha marta kamaytirishga imkoniyat beradi.
 
== Adabiyotlar ==