Tabiiy geografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k (via JWB)
Qator 15:
Oʻzbekistonlik geograf olimlarning davrasi ancha kengaydi. Tanikli olimlar L.S.Babushkin, O.Y.Poslavskaya, N.A.Kogay, M. Qoriyev, N.D.Dolimov, H. Hasanovlar qatoriga P.Baratov, M.Mamatqulov, P.Gʻulomov, A.Saidov, Yu.Sultonov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Rafiqov, Sh. Zokirov, Sh.Ergashev, I.Hasanov, I.Abdugʻaniyev, I.Nazarov kabi olimlar kelib qoʻshildi. Ular Oʻzbekiston va uning ayrim hududlarining tabiiy va antropogen landshaftlarini tadqiq qildilar, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik baholash, tabiiy geografik majmualarning rivojlanish yoʻnalishlarini aniklash va bashoratlash ishlarida samarali mehnat qidsilar. Nazariy asoslari. Umumiy tabiiy geografiyaning nazariy asoslari negizida quyidagi eng muxim geografik krnuniyatlar yotadi: 1) geografik qobiqning bir butunlik qonuniyati; 2) aylanma harakatlar qonuniyati; 3) geografik qobiqning davriylik qonuniyati, yaʼni barcha tabiiy geografik hodisa va jarayonlarning maʼlum vaqt davomida takrorlanish qonuniyati; 4) geografik qobiqning hududiy tabaqalanish qonuniyati, yaʼni rivojlanish jarayonida gazlarning qobiq strukturasining maydonda oʻzgarishi, kattakichik tabiiy hududiy majmualarga boʻlinishi. Bu qonuniyat tabiiy geografik rayonlashtirish uchun nazariy asosdir; 5) geografik zonallik qonuniyati — tabiatda geografik mintaqalar va tabiat zonalarining mavjudligi shaklida namoyon boʻladi; 6) geografik zonallikning davriy qonuniyati, yaʼni bir tipdagi geografik zonaning turli geografik mintaqalarda uchrashi qonuniyati; 7) azonallik qonuniyati geografik mintaqalarning geografik uzunligi boʻyicha sektorlarga boʻlinishi, landshaft zonalarining qam shu yoʻnalishda tabaqalanishi va landshaftlarning balandlik mintaqalari mavjudligida oʻz ifodasini topishi; 8) zonallik va azonallikning bir butunligi qonuniyati; 9) Yer sharining qutbiy asimmetriya qonuniyati. Uning asosida Yerning shakli, quruklik va suvlarning, organizmlarning taqsimlanishi, iklimlar, geografik qobiq strukturasi, muzliklar maydoni va shakllari, geologik tarixiga koʻra shim. dengizlarning Janubiy yarim shardagilardan farq qilishi yotadi; 10) geografik qobiqning rivojlanish qonuniyati, bu rivojlanishni harakatga keltiruvchi asosiy kuch — tabiatdagi zonal va azonal hodisalarning oʻzaro kurashidan, rivojlanish shakli esa davriylikdan iborat; 11) geografik qobiqning notekis rivojlanishi qonuniyati. Turli landshaftlar turli yoshda boʻlib, turlicha tezlikda rivojlanadi. Bu qonuniyatning muhim tomoni shundaki, landshaftlar biri ikkinchisidan tarkibiga koʻra emas, balki yoshiga va rivojlanish bosqichi xamda surʼatlariga qarab ham farq qilishini hisobga olinishi va landshaftlar oʻzgartirilayotganda bu qonuniyatga amal qilinishini taqozo etadi.
 
Umumiy tabiiy geografiya hozirgi vaqtda geografik qobiqning bir butunligi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi yangi gʻoyalar bilan boyidi, landshaft qobigʻi, geografik fazo nazariyalari olgʻa surildi, sayyoraviy miqyosdagi geografik bashoratga asos solindi, geografik sistemalar haqidagi taʼlimot ishlab chiqildi. Yer yuzasining morfostrukturasi va morfoskulpturasi haqidagi yangi tasavvur vujudga keldi. Landshaftlarning yoshi va ularni tasniflashning regional muammolari tahlil qilindi, tabiiy geografiyaning ekologiya bilan yaqinligi va uzviy bogʻlikligi asoslab berildi. Inson faoliyatining geografik qobikdagi tabiiy jarayonlarga, geografik muhitga boʻlgan taʼsirining salbiy va ijobiy oqibatlarini oʻrganish, bu oqibatlarni oldindan aytib berish, i.t.lardailmiy tadqiqotlarda geofizikaviy, geokimyoviy, matematik, ekologik metodlarni qoʻllashga boʻlgan eʼtibor kuchaydi, yangi ekologik yoʻnalish yuzaga keldi. Hozirgi zamon tabiiy geografiyada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza silish muammoasi asosiy va dolzarb muammo hisoblanadi.
 
Tabiiy geografiyaning hududlarni tabiiy geografik tavsiflash metodlari ham takomillashib bordi. Bu keyingi-yillarda yaratilgan koʻplab monografiyalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalarida aks etgan. Hozirgi kunda tabiiy geografiya fani hal etilishi lozim boʻlgan muammolarning koʻpchiligi, asosan, uning obʼyekti va predmetining murakkabligi, oʻziga xos xususiyatlar bilan va fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida xalq xoʻjaligi qoʻyayotgan vazifalarning murakkabligi bilan bogʻliqdir. Shunday muammolarning ayrimlari „inson—tabiat“ sistemasidagi oʻzaro taʼsir oqibatida yuzaga kelayotgan muammolardan. Sayyoraviy miqyosda roʻy berayotgan iklim oʻzgarishi, regional koʻlamda Orol va Orolboʻyi muammolari, choʻllashish, tabiiy resurslarning tez surʼatlarda kamayishi, tabiiy muhitning ifloslanishi kabi muammolar shular jumlasidan.