Aritmiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn qo’shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 44:
Ushbu aritmiyalar 2 guruxga bo‘linadi. Birinchi gurux aritmiyalarni nomotop ritmli aritmiyalar deyiladi, ushbu aritmiyalarda qo‘zg‘alishlar sinus tugunida hosil bo‘ladi, bularga: sinusli taxikardiya, sinusli brakdikardiya, sinusli aritmiyalar kiradi.
Ikkinchi guruxga kiruvchi aritmiyalarni geterotop ritmli aritmiyalar, ya’ni sinus bo‘lmacha tugunlarni bo‘shashi sindromi deyiladi. Ushbu aritmiyalarda impulslar sinus tugunda emas, balki o‘tkazuvchi tizimning u yoki bu qismida yuzaga keladi, atrio- ventrikulyar ritm, yurak ritmini ta’minlovchi qisqarishlar migratsiyasi, bo‘lmacha qisqarishlarining to‘xtashi, idioventrikulyar ritm, interferlovchi dissotsiatsiyalar ushbu aritmiyalarga misol bo‘ladi.
Atrio-ventrikulyar ritm
Yurak ritmini boshqaruvchisi ushbu aritmiyada, sinus tuguni bo‘lmay, balki atrioventrikulyar tugun bo‘lib qoladi, lekin ushbu aritmiya rivojlanishida impuls tugunning qaysi qismidan hosil bo‘layotganligi ham katta ahamiyatga ega. Impulslar yuqori
bo‘lmacha sohasida, o‘rta bo‘lmacha va qorincha chegarasida, quyi qorincha soxalarida hosil bo‘ladi.
Ushbu aritmiya, yurak faoliyatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, bemorlar aytarli shikoyat qilmaydi. Ob’yektiv ko‘rilganda bo‘yin venasining pulsatsiyasi kuzatiladi. Puls 80-40 ta bo‘ladi. EKGda esa R tish manfiy bo‘lib, QRS kompleksi oldida yoki qo‘shilib ketadi.
Diagnoz faqat EKG asoslanib qo‘yiladi.
Interferlovchi dissotsiatsiya
Ushbu aritmiyada impulslar 2 ta o‘chog‘ yuzaga chiqadi, ya’ni sinus va atrioventrikulyar tugunlarda hosil bo‘ladi, qizig‘i shundaki, sinus tugunidan ko‘ra, atrioventrikulyar tugunda impulslar ko‘p hosil bo‘ladi.
Bu aritmiyani sinus tuguni jarohati, ayrim infeksion kasalliklar, o‘tkir revmatizm, miokarditlar keltirib chiqaradi.
Tashhisi asosiy kasallikka qarab qo‘yiladi. EKGda qorincha va bo‘lmacha bir- biriga bog‘liq bo‘lmagan xolda qo‘zg‘alishi kuzatiladi.