Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Túrelio (munozara | hissa)
+
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 2:
[[Fayl:Salat times.svg|thumb|180px|Namoz vaqtlari]]
[[Fayl:Taipei Grand Mosque - Tarawih.JPG|thumb|Namoz]]
[[Fayl:takbir.svg|thumb|150px|Allohu akbar.]]
[[Fayl:qiyam (foot).svg|thumb|150px|Kiyam.]]
 
'''Namoz''' ({{lang-ar|صَلاة}}) — [[islom]] koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus [[ibodat]] turi; islomdagi besh [[rukn]]dan biri. Namoz musulmonlarga [[meʼroj]] kechasi (qarang [[Isro va meʼroj]]) [[farz]] qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) namoz oʻqish farz hisoblanadi. Namoz oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, [[Qurʼon]] [[oyat]]laridan tilovat qilishda [[duo]]lar oʻqish, rukuʼ, [[sajda]], tiz choʻkib oʻtirish, [[salom]] berishlarni oʻz ichiga oladi. Namozning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, [[vojib]], [[sunnat]], [[nafl]], ishroq, [[tahajjud]], [[qazo]], shukri vuzu, [[janoza]] va boshqa qoʻshimcha namozlar borki, ularni ado etish [[musulmon]] kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat namozlari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi namozlar sirasiga kiradi.