Gazlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) {{stub → {{chala (xato haqida xabar berish) |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
[[Fayl:Diossido di azoto.jpg|thumb|Gaz NO<sub>2</sub>]]
'''Gazlar''' (frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda [[harorat]] va [[bosim]] oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi.
Gazlarning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot Gazlar aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va boshqalar) maʼlum darajada planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi. Gazlarning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda foydalaniladi. Gazlar chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari, kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan Gazlardan tashqari neftni qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) Gazlardan amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash Gazlari neftning termokrekingi yoki haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan Gazlar tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida Gazlar tarkibida toʻyinmagan Gazlar ham hosil boʻladi. Bu Gazlar sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-gazokondensat-gaz" konida yoʻlakay Gazlardan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. Bu Gazlar tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, Gazlar kondensati — 6—7% va boshqa Gazlar (N2, CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. Gazlar sanoatda keng ishlatiladi
|