Taqvim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{info_calendar}}
 
'''Taqvim''' - [[yil]], [[oy (vaqt birligi)|oy]] va [[hafta]] [[kun]]lari, asosiy [[bayram]]lar haqidagi axborotlardan iborat, ba`zanbaʼzan astronomik ma`lumotlarmaʼlumotlar ham beriladigan bosma nashr.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Qator 18:
Oy kalendarida asosiy birlik vazifasini sinodik oy oʻtaydi. Oy Yer atrofida aylanishi davomida Quyoshning toʻgʻrisiga kelishi oy boshi deyiladi.Bu vaqtda Oy koʻzga koʻrinmaydi, 1—2 kundan keyin u gʻarbda kechqurun oʻtkir oʻroq ("yangi oy") shaklida koʻrinadi. Oy K.ida 12 oy bir yilni tashkil etadi. Sinodik oy 29,5306 sutka, yaʼni 29 kun 12 soat 44 min. 3 sek. boʻlgani uchun bir yil taxminan 354 kunga teng boʻladi.
 
Hozir Oy K.i arab mamlakatlarida amal qiladi. 20-asrgacha u asosiy aholisi musulmon boʻlgan mamlakatlar, jumladan, bizning yurtimizda ham qoʻllangan va hijriy (aniqrogʻi hijriy-qamariy) taqvim deb atalgan. Hijriy taqvimda xronologiya paygʻambar Muhammad (as)ning Makkadan Madinaga koʻchib borgan (arabcha hijrat) kunidan boshlanadi. Bu sana Yuliy K.ida 622 yil 16 iyul juma kuniga toʻgʻri kelishi aniqlangan. Hijriy taqvimda 12 oydan toqlari 30, juftlari esa 29 kun. Bunda bir yil 354 kun boʻlib, 12 sinodik oydan qisqa boʻlgani uchun har oʻttiz yildan 11 tasi kabisa deb olinadi. Kabisa yilning soʻnggi oʻn ikkinchi oyi (zulhijja) 30 kun boʻladi. Hijriy taqvimda oʻttiz yillik davrlar (1-yildan 30-yilgacha, 31-yildan 60-yilgacha va h.k.) qoʻllanadi. Har oʻttiz yillik davrning 2, 5, 7, 10, 12, 15, 17, 19, 21, 24, 27 va 29 yillari kabisadir. MacMasalan, hijriy 1426-yil kabisamiyoʻqmi ekanligini aniqlash uchun undan 30 ga karrali qismi chegirib tashlanadi: 1426 — 30x47=1426 — 1410=14, demak, bu yil oddiy ekan, 1427-yilda esa qoldiq 15 chiqadi va kabisa boʻlishini koʻrsatadi.
 
Ayrim Sharq mamlakatlarida hijriy taqvimning kabisa yillari boshqa usulda ham aniqlangan. Shuningdek, Eronda hijriy-qamariy taqvim bilan bir paytda hijriy-shamsiy taqvim ham qoʻllanadi. Unda xronologiya hijrat kunidan boshlanadi, ammo yil uzunligi Quyosh K.i boʻyicha hisoblanadi. Yil boshi sifatida bahorgi tengkunlik — Navroʻz kuni, oylar esa burjlar bilan deyarli ustma-ust tushadi.
Qator 26:
Musulmon Sharqi, jumladan Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, klassik va madaniy yodgorliklarida sanalar hijriy-qamariy taqvimda berilgan. Shuning uchun bunday yodgorliklar oʻrganilganda hijriy sanalarni milodiy, yaʼni Yuliy-Grigoriy K.iga oʻtkazish masalasiga duch kelinadi. Bir holatda bu masalani taqribiy hal etish — hijriy yilga mos milodiy yilni hisoblash kifoya qilsa, ikkinchi holatda uni aniq hal etish — tayin hijriy sanaga milodiy boʻyicha qaysi kun toʻgʻri kelishini topish lozim boʻladi. Manbashunoslar ishini yengillatish mak,sadida turli mutanosiblik jadvallari tuzilgan. Jadval boʻlmagan taqdirda maxsus qoidadan foydalanish mumkin: hijriy yil N bilan, milodiy yil M bilan belgilansa, u holda:M=N-S+622, N=M-622+ Mu2622” Mas, manbalarga koʻra Alisher Navoiy hijriy 844 yilning 17 ramazonida tavallud topgan, yaʼni N=844. Endi 844:33 taqriban 25,6 ga tengligi uchun M=844+622-25,6= 1440,6. Odatda, bu natija 1440/1441 (yaʼni 1440 yo 1441) koʻrinishda yoziladi. Qoidani bir oz oʻzgartirib, mikrokalkulyatorda hisoblashga moslash mumkin:M=N*354: 365+622, N=Mx365: 354-622.
 
Bir K.dagi tayin A kunga ikkinchi K.da qaysi V kun to'gtoʻg'ri kelishini aniqlash lozim boʻlsa, u holda dastavval har ikki K. uchun mutanosibligi maʼlum kun — boshlangʻich hisob nuqtasi olinadi. Xususan, hijriy va Yuliy-Grigoriy K.lari uchun boshlangʻich nuqta sifatida hijriy 1-yilning 1-muharrami milodiy 622 yil 16 iyulga mos kelishi olinishi mumkin. Soʻng birinchi K.ga muvofiq A kungacha necha kun oʻtgani hisoblanadi va boshqa K.da shuncha kun oʻtsa, qaysi sana chiqishi topiladi.
 
Shunday qilib, K.lar oʻrtasidagi mutanosiblik ularning xronologiyasiga (erasiga) ham bogʻliqdir. Turli xalqlarda ming yillar mobaynida turlicha eralar qoʻllangan. Xitoyda yil hisobi hukmdor Xuan Di podsholigi boshlangan sana — mil. av. 2637-yildan hisoblangan. Qad. Misrda yagona uzluksiz yil qisobi boʻlmagan — har bir faraon taxtga oʻtirishi bilan yil hisobi boshidan boshlangan. Qad. Bobilda Nabonassar podsholigi boshlangan mil. av. 747 i.dan hisoblangan era qoʻllangan. Yunonistonda xronologiyaga 1-Olimpiada boshlangan yil — mil. av. 776 y. asos qilib olingan. Qad. Rimda yil hisobi afsonaviy qahramon Romul shaharga asos solgan sana — mil. av. 753 yildan boshlangan. Keyinchalik imperator Diokletian (Daqʼyonus) hukmdorligi boshlangan eraga oʻtilgan, u mil. 284 yilga toʻgʻri keladi ("Daqʼyonusdan (almisokdan) qolgan" degan ibora shundan kelib chiqqan).
Qator 32:
"Dunyoning yaratilishi"dan boshlangan eraning bir necha varianti ham bor. Jumladan, qad. yahudiy K.i boʻyicha dunyoning yaratilishi mil. av. 3761-yil, Vizantiya K.i boʻyicha esa mil. av. 5508-yil sodir boʻlgan. Hozirgi vaqtda koʻpchilik mamlakatlarda qabul qilingan yangi era — "Iso Masix tugʻilgan kun"dan boshlangan era qoʻllanadi.
 
Grigoriy XIII islohoti K. vaqtini astronomik vaqtga yaqinlashtirgan boʻlsa ham K.ning ichki tuzilishidagi oylardagi kunlar soni bir xil emasligi, haftalarning oylar ichida boʻlinib ketishi kabi noqulayliklar saqlanib qolgan. Shuning uchun mukammalroq K. loyihalarini ishlab chiqishga urinishlar boʻlgan. MacMasalan, Hindiston hukumatining tashabbusi bilan K.ni isloqqilish masalasi 1953-yilda BMTga qoʻyilgan. BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) doimiy K. loyihasini maʼqullagan. Unga koʻra har bir choraqda 13 ta toʻliq yetti kunlik hafta (hammasi boʻlib bir yilda 364 kun) va yil oxirida qoʻshimcha bir kun (31 dekabr oʻrniga) — Tinchlik bayrami kuni belgilangan. Kabisa yillari esa, shuningdek, 6- va 7-oylar orasida yana bir kun — Kabisa yil bayrami qoʻshiladi. Qoʻshimcha kunlar haftalar va oylar hisobga kiritilmaydi (yaʼni ular qaysi oy va haftaning kunlari boʻlishi koʻrsatilmaydi). Bu loyiha boʻyicha har chorakning birinchi oylari (yanvar, aprel, iyul, oktyabroktabr) 31 kundan, qolgan oylar esa roppa-rosa 30 kundan tashkil topishi kerak. Shunda xaftasiga bir kun dam olish kuni hisoblansa, hamma oylardagi ish kunlari soni doimiy — 26 kundan boʻladi. Har bir xalqning milliy bayramlari borligi va dam olish kuni 2 kun kilib belgilanganligi tufayli, bu loyixani ayrim mamlakatlar maʼqullamadi. Shuning uchun 1956-yildan keyin K. islohoti oldingy siljimadi. Keyinchalik boshqa K.lar loyihalari taklif qilindi, lekin ularni hayotga joriy etish masalasi ochiq qolmoqda.
 
K. tarixi — insoniyat sivilizatsiyasining uzviy ajralmas boʻlagi. Tashqi olam toʻgʻrisidagi bilimlar koʻpaygan sari va turli davrlarda xalq xoʻjaligi ehtiyojlari bilan bogʻliq ravishda K.lar takomillashib bordi. Maye, oy K.ining paydo boʻlishini ibtidoiy odamning turmush tarzi bilan bogʻlash mumkin. U davrlarda ovchilik va termachilik odam faoliyatining asosini tashkil qilgan edi. Asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikka oʻtilishi oy-quyosh K.i va kuyosh K.ining paydo boʻlishiga olib keldi. Keyingi ikki yuz yillik K.larning ichki tuzilishini takomillashtirishga intilish bilan tarixga kirdi. 18-asr oxiridagi Yevropadagi sanoat toʻntarishi, 19-asrdagi industrlashtirish, 20-asrdagi fan va texnika inqilobi K.ni takomillashtirish muammosini dolzarb qilib qoʻydi.