Kot-dʼIvuar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
 
Qator 1:
{{Kot-dʼIvuar maʼlumotlari‎}}
'''Kot-d’IvuardʼIvuar Respublikasi''' ({{lang-fr|République de Côte d'Ivoire}}) yoki '''Fil Suyagi Qirgʻogʻi''' — Gʻarbiy Afrikada, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 322,5 ming km². Aholisi 26 378 274 kishi (2020). Poytaxti — [[Yamusukro]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 ta [[Viloyatlar|viloyat]]dan, viloyatlar oʻz oʻrnida 81 departamentdan iborat.
 
== Davlat tuzumi ==
Kot-d’IvuardʼIvuar — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 23-iyuldagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2011-yildan Alassan Uattara). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Uning 225 deputatlari umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Viloyatlar ==
Qator 70:
 
== Tabiati ==
Kot-d’IvuardʼIvuar ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Gvineya qoʻltigʻining sohili gʻarbda tik va qoyali, sharqda asosan tekis, koʻrfazlarida kema qatnashi mumkin. Yer yuzasi janubida pasttekislik, shimolida plato (500–800 m). Gʻarbida esa mamlakatda eng yuqori choʻqqi hisoblangan Nima togʻi (1752 m) bor. Oltin, boksit, neft, temir rudasi, qalay va kolumbit, olmos va marganets ruda konlari bor.
 
=== Iqlimi ===
Qator 115:
 
== Adabiyoti ==
Kot-dʼIvuardagi anya, baule, senufo va boshqa xalqlarda xalq ogʻzaki ijodi qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, baule xalqining folklori alo-hida ajralib turadi. Griot deb ataluvchi baxshilar qoʻshiq va ertaqlarni aytib yurishadi. Folklor anʼanalari asosida fransuz tilida yozma adabiyot rivojlandi. K.d’IdʼI. adabiyotining shakllanishida folklorchi, romannavis Bernar Dadyening xizmati katta. Uning mustamlakachilikka qarshi asarlari mashhur. Yozuvchi Ake Loba (asli ismi Abobo Baule)ning "Kokumbo — qora talaba" va "Daryo ustidagi nayzalar" romanlari, Sh. Nokaning "Shamol shiddatli edi" romani, "Quyosh, qora nuqta" poemasi, Sidiqi Dembelening "Boqibegʻamlar" romani 20-asr 2-yarmiga xos ijtimoiy muammolarni aks ettirdi. J. M. Bonini, Moris Kone va boshqalarlarning sheʼriy toʻplamlari nashr qilindi.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 124:
 
== Musiqasi ==
Kot-dʼIvuar xalqlarining baʼzilari qadimgi Musiqiy anʼanalarga ega. Chunonchi, dan xalqi boshliqlarida truba va barabandan iborat katta orkestrlar boʻlgan. Danlarning koʻp qoʻshiqlari muayyan marosim va odatlar bilan bogʻlangan. MacMasalan, qabila boshligʻi sharafiga zia, jamoa ishlari vaqtida kotava degan qoʻshiqlar aytilgan. Baule xalqida maʼbudalarni sharaflovchi va ajdodlar ruhini eslatuvchi qoʻshiklar keng tarqalgan. Ayollar qoʻshigʻi tovushning joʻshqin tebranishi bilan ajralib turadi. Malinke xalqi griotlari — jeli qoʻshiqlarining sheʼriy matnlari gʻoyat musiqiydir. Mustaqillik yillarida zamonaviy musiqa rivojlana boshladi. Koʻpgina ijodiy jamoalar, jumladan, "Makakumani" folklor guruhi (qabilalararo jamoa) katta ish qilayotir. Abidjandagi Milliy sanʼat instituti tarkibida Milliy musiqa va raqs konservatoriyasi, Milliy musiqa maktabi, Xalq sanʼati va hunarmandchiligi departamenti bor. Abidjan universiteti, gumanitar tadqiqotlar markazi, Afrika sanʼatini oʻrganish markazi xalq musiqasi va raqsini oʻrganish bilan shugʻullanadi.
 
== Teatri ==