Oyoq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4:
Har bir Oyoq muskullar yordamida harakatlanuvchi va bir-biri bilan tutashgan togʻayli yoki suyakli skeletdan iborat. Kuruklikda yashaydigan umurtqali hayvonlarning oyoklari 3 boʻlimdan tashkil topgan; Oyoq kamari bilan tutashuvchi yelka (oldingi Oyoqda) yoki son (orqa Oyoqda), bilak (oldingi Oyoqda) yoki boldir (orqa Oyoqda) va panja (oldingi Oyoqda) yoki pay (orqa Oyoqda).
 
Evolyusiya jarayonida juft Oyoq koʻp oʻzgarishlarga uchragan. Uchar kaltakesaklar, qushlar va koʻrshapalaklarda uchishning taraqqiy etishi tufayli oldingi Oyoq kanotga, dengiz kaltakesaklari, kitsimonlar, kurakoyokli sut emizuvchilarniki kurakka aylangan va h.k.hokazo Baʼzan hayvonlarning oldingi oyoklari kovlashga (krotda), ayrimlarini-ki ushlashga ([[Maymunlar|maymunlarda]]) moslashgan. Funksional ahamiyati kamayishi sa-babli ayrim hollarda juft oyoq yoʻq boʻlib ketgan (mas, ilonbalikdarning qorin suzgich qanoti, kitsimonlar va sirenalarning orka oyoklari, oyoqsiz amfibiyalar hamda barcha ilonlarning ikkala juft oyoklari va h.k.).
 
Odam da Oyoq suyaklari va muskullari gavdani koʻtarib turishga va turli hamda murakkab harakatlarni bajarishga moslashgan. Shuning uchun oyoq relyefining qoʻlga nisbatan oʻziga xos boʻlishida oyoq suyaklari, muskullari aqamiyatga ega. Oyoq dumba, son, boldir va oyoq kaftidan iborat. Dumba sohasining hajmi katta, boʻrtgan. Son hajmi oʻrta-sidan torayib borgan. Tizza qismi ol-dinga boʻrtgan, orqa sohasida tizza osti chuqurchasi joylashgan. Boldir soxasining orqa qismi muskul hisobiga boʻr-tib, pastga tomon asta kamayib boradi. Oyoq kafti koʻndalang joylashgan, pastki yuzasi yey shaklida boʻlgani uchun harakat osonlashadi.