Flyuorit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Flyuorit''' ([[lotin tili|lot.]] fl uor — [[oqim]]), plavik shpati — ftoridlar sinfiga mansub [[mineral]]. [[Kimyo]]viy [[tuzilma|tarkibi]] SaGʻ2;, baʼzan Sa, oz miqdorda Y ( i t troflyuorit), noyob yer elementlari (TR), Sr, Mn, Na, U bilan almashadi. F. kub [[singoniya]]da [[kristallanish|kristallanib]], F.li struktura hosil qiladi. Kristallari [[kub]] va [[oktaedr]] shaklida, agregatlari yaxlit, yirik kristalli, donador, tuproqsimon (ratovkit). Rangsiz, pushti, yashil, sariq, havo rang, gunafsha [[rang]] xillari bor. F. qizdirilganda rangi yoʻqoladi va [[rentgen nurlari]] taʼsirida yana boʻyalib qoladi. Shishadek yaltiraydi, moʻrt. [[Qattiqlik|Qattikligi]] 4; [[zichlik|zichligi]] 3,1 — 3,2 g/sm3, ittiroflyuoritniki 3,3 g/sm3 gacha; [[erish]] [[temperatura|trasi]] 1360°. F. har xil sharoitda keng tarqalgan magmatik [[aksessor minerallar|aksessor mineral]] boʻlib, [[pegmatitlar|pegmatit]], [[greyzen]], [[skarnlar|skarn]], ikkilamchi [[kvarsit]]lar va [[choʻkindi togʻ jinslari|choʻkindi jinslar]]da hosil boʻladi. Uning asosiy qismi gidrotermal [[jarayon]]da boʻshliklar va tomirlarni toʻldirgan holda [[metall]] [[ruda (mineral hosila)|ruda]]si hisoblangan minerallarga yoʻldosh sifatida uchraydi. Genetik mineralogiyaning muhim tipomorf minerali. F. [[metallurgiya]]da [[flyuslar|flyus]] sifatida ishlatiladi; [[kimyo sanoati]]da undan plavik kislota, [[kriolit]] olinadi; [[keramika]]da [[emal]], glazur (sir) tayyorlanadi. F. sintetik kristallarni oʻstirish uchun xom ashyo hisoblanadi. Tiniq, [[shaffoflik|shaffof]], [[rang]]siz yoki nim rang kristallaridan [[linza]], [[obʼyektivobyektiv]], [[teleskop]]lar, [[vakuum spektroskopiyasi|vakuum]] va [[rentgen spektrlari|rentgen]] [[spektroskopiya|spektrograflari]] uchun [[prizma]]lar tayyorlanadi. TR va U bilan faollashtirilgan F. [[lazer]] materialidir. [[Kon]]lari [[Rossiya Federatsiyasi|RF]] ([[Primorye oʻlkasi]], [[Baykal]]orti), [[Qozogʻiston]], [[AQSH]], [[Meksika]], [[Fransiya]]da mavjud. F. konlari Oʻzbekistonda [[Chatqol tizmasi|Chatqrl]][[Qurama tizmasi|Qurama]] regionida joylashgan: AgataChibargata, Navgiskon, Obirahmat, Kengutan, Qizilbaur va Navgarzonda qazib olingan; Suppatosh va Shabrez oʻzlashtirishga tayyorlangan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->