Savdogarlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Savdogarlar''' — savdo bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy tabaqa. S. tovarlarni uz isteʼmoli uchun emas, balki uni sotib foyda olish maqsadida harid kiladi, ishlab chiqaruvchi (yoki tovar egasi) bilan isteʼmolchi urtasida (baʼzan turli xil tovarlar ishlab chikaruvchilar urtasida) vositachilik vazifasini bajaradi. Tovarlarni i.ch. makonining ularni isteʼmol qilish makonlariga hamisha ham mos kelavermasligi savdogarlikni obʼyektivobyektiv zaruratga aylantirgan. Savdo vositachilari ibtidoiy jamoaning yemirilish davrida vujudga kelib, jamiyatning keyingi tarixiy taraqqiyoti davomida ijtimoiy mehnat taqsimoti va ayirboshlashning rivojlanishi bilan boy S. va mayda S. guruxlariga boʻlingan holda jamiyat ijtimoiy tuzilmasining zaruriy unsuriga aylandi. S. kadimgi dunyoning kupgina jamiyatlari (Karfagen, Ellin davlatlari, Yunoniston, Rim va boshqalar) iqtisodiyotida muhim rol uynadi. Ilk oʻrta asrlarda arab mamlakatlari, ayniqsa, Hindiston, Xitoyda savdogarlik juda rivoj topdi. Karvonlar tuzib, yurtmayurt kezib savdo qilish savdogarchilikning keng tarqalgan koʻrinishi boʻlib qoldi.
 
11 —12-asrlarda Gʻarbiy Yevropada hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi va shaharlarning tobora rivojlanib borishi bilan yirik savdohunarmandchilik markazlari (Venetsiya, Genuya va boshqalar) paydo boʻldi va S. ijtimoiy tabaka tarzida shakllandi. S. oʻz savdo manfaatlarini himoya qilish uchun alohida korporatsiyalar (gildiya va boshqalar)ga birlashdilar. 15-asrga kelib Gʻarbiy Yevropada savdo operatsiyalarida veksellar, yozma hisobotlar qoʻllanila boshladi. S. savdo qilishdan tashqari sudxoʻrlik bilan ham shugʻullandilar.