Zomin tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 65:
 
== Tabiati ==
Zomin tumanining shimoliy, markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, janubiy -gʻarbiy qir-adir va togʻlardan iborat. Yer yuzasi shimoldan janubga tomon koʻtarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi bir oz sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,5°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 350–360350-360 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Adir qismi qumtosh, qum, mergel, lyosslardan tuzilgan, usti chaqirtoshlar bilan qoplangan. Jarlar va yezda qurib qoladigan soylar bor. Bahorda soylar toʻlib oqadi. Shimoliy va markaziy adirlarning tuprogi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproqlardan, janubiy qismidagi adirlar gipsli och boʻz tuproqlardan tarkib topgan. Tekisliklarda boʻz, qoʻngʻir tuproq. Tuman hududidagi Zominsoy daryosi, Achchisoy, Peshagʻarsoy, Uvolsoy, Turkman, Jaloir, Xoʻjamushkentsoydan sugʻorishda foydalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shoʻra, shuvoq, yantoq, kovrak, oqquray va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Janubiy togʻli qismi (Turkiston togʻ tizmasida)da qalin archazorlar, tabiiy oʻrmonlar bor. 3. t.da Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Zomin xalq bogʻi joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, boʻri, silovsin, chiyaboʻri, tulki, kiyik, arhar, qushlardan burgut, lochin, qirgʻovul, kaklik, oʻrdak yashaydi. Suv havzalarida baliq turi koʻp.
 
== Aholisi ==