Sheva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni tuzatdim
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Xatoni tuzatdim
Teglar: Qoʻlda qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
'''Sheva''' (fors. — harakat tarzi, tarz, usul) — tilning [[Fonetika|fonetik]], [[Grammatika|grammatik]] va lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli lisoniy tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloqdaqishloq)da yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi. Sheva — bu boshqa Sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi va lugʻaviy belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi. Mas, qipchoq lahjasining mangʻit yoki saroy shevasi, qarluq lahjasiga mansub margʻilon shevasi va boshqalar oʻzbek tilining eng kichik hududiy koʻrinishlari hisoblanadi. Alohida Shevalar birikib, lahjasi tashkil etadi.
 
Shevalar tizimining murakkablik darajasi, asosan, ekstralingvistik omillar: Shevaning alohidalanish (ajralib qolish) darajasi, muayyan Sheva vakillarining boshqa Shevalar va tillarning vakillari bilan aloqa qilish darajasi, adabiy tilning shahriga taʼsiri va shahrik.ga bogʻliq. Alohida ajralib qolgan Shevalarda uning vakillari bilan atrofdagi aholi oʻrtasida aloqalarning yoʻqligi (geografik yoki siyosiy sabablar, atrofdagi aholining til, madaniyat, diniy eʼtiqod jihatdan ayni Sheva vakillaridan keskin farklanishi tufayli), sheva vakillarining anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolishga astoydil intilishi oqibatida Sheva juda sekinlik bilan oʻzgaradi, katta va kichik yoshdagilarning tilidagi farq sezilarsiz darajada boʻladi. Adabiy tilning yoki boshqa shahrining kuchli taʼsiri ostida boʻlgan shahrida aholining turli guruhlari nutqiga xos boʻlgan, birbiriga qarama-qarshi qoʻyilgan va turli darajada farqlanadigan anʼanaviy (qad.) va yangi qatlamlar ajralib turadi.